Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:22

Rossiya benzin eksportini taqiqladi. O‘zbekistonning rus benziniga qaramligi ortgan - iqtisodchi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Seshanba kuni Rossiya iste’molchilar va fermerlar talabi ortib borayotgan bir sharoitda narxlarni barqaror ushlab turish va neftni qayta ishlash zavodlari maromida ishlashini ta’minlash uchun 1- martdan boshlab benzin eksportini olti oyga taqiqlashni buyurdi.

Ushbu taqiqni Rossiyaning energetika sektori bo‘yicha prezident Vladimir Putin tayinlagan mas’ul va Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning matbuot kotibi tasdiqladi.

Reyter agentligining o‘z manbasiga tayanib yozishicha, bu borada qaror qabul qilingan, ammo farmon hali e’lon qilinmagan.

“Neft mahsulotlariga bo‘lgan ortib borayotgan talabni qoplash uchun ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirishga yordam beradigan choralar ko‘rish zarur”, deya Novak so‘zlarini keltiradi RBK nashri.

15-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan dunyodagi eng yirik bug‘doy eksportchisi bo‘lmish Rossiya haydovchilar va fermerlar uchun mahalliy benzin narxlari ko‘tarilishiga jiddiy qaraydi. So‘nggi oylarda Rossiyaning ayrim neftni qayta ishlash zavodlariga Ukraina dronlari hujum qilgan.

Арзон ва зарарли: Ўзбекистон 80 бензиндан воз кеча оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:58 0:00

Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasini nishonga olmoqda, ta’minot liniyalari va logistika ta’minotini buzib, raqiblarini ruhan sindirishga urinib ko‘ryapti.

Neft, neft mahsulotlari va gaz eksporti hozirgacha Rossiyaning 1,9 trillion dollarlik iqtisodiyotidagi muhim tayanchlardan biridir.

Kreml neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti va asosiy ittifoqchilarni o‘z ichiga olgan kengroq OPEC+ guruhi doirasida narxlarni yuqori ushlab turish uchun dunyodagi eng yirik neft eksportchisi Saudiya Arabistoni bilan ishlamoqda.

Rossiya OPEC+ narx siyosatini dastaklash doirasida birinchi chorakda neft va yoqilg‘i eksportini ixtiyoriy ravishda kuniga 500 ming barrelga qisqartirmoqda.

Rossiya benziniga qaramlik

2023-yilda Rossiyadagi eng yirik benzin ishlab chiqaruvchilari Gazprom Neft Omsk neftni qayta ishlash zavodini, Lukoyl, Nijniy Novgorodda va Rosneft Ryazan neftni qayta ishlash zavodini ochdi.

Rossiya 2023-yilda 43,9 million tonna benzin ishlab chiqargan va shundan 5,76 million tonnaga yaqin yoki ishlab chiqarishning 13 foizini eksport qilgan. Rossiya benzinining eng yirik importchilari asosan Afrika mamlakatlari, jumladan, Nigeriya, Liviya, Tunis va Birlashgan Arab Amirliklaridir.

Rossiya o‘tgan oy energetika infratuzilmasidagi yong‘inlar va dron hujumlari tufayli neftni qayta ishlash zavodlarida rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini qoplash uchun MDHdan tashqari davlatlarga benzin eksportini to‘xtatdi.

Ishi to‘xtab qolgan zavodlar orasida Moskvadan 430 km (270 milya) sharqda, Nijniy Novgorod shahri yaqinida joylashgan, mamlakatdagi to‘rtinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi bo‘lgan NORSI zavodi ham bor.

O‘tgan yili Rossiya yuqori ichki narxlar va taqchillikni bartaraf etish uchun sentabr va noyabr oylari orasida benzin eksportini taqiqlagan edi.

Bu safargi taqiq Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlar Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston va Gruziyaning ikki separatistik mintaqasi – Janubiy Osetiya va Abxaziyaga taalluqli bo‘lmaydi.

Zimiston-UZ. Қозоқ бензинига талаб ошмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:42 0:00

O‘zbekistonlik iqtisodchi bloger Otabek Bakirovning yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi ortidan O‘zbekistonning rus benziniga qaramligi ortgan.

"Ochiq manbalardagi uzuq-yuluq ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya benzinining O‘zbekistonga importi O‘zbekneftegaz sho‘’basi, Sanoat Energetika Guruhi MCHJ va SDK Group And MCHJ tomonidan nazorat qilinadi.

Afsuski, o‘zbek statistikasi benzin importi bo‘yicha mamlakatlar qirqimida ma’lumot bermaydi. Lekin 2021-yilgacha bo‘lgan davrda Rossiyadan benzin importi jami importning 50%ini ham tashkil etmagan. Import geografiyasi Turkmaniston va Qozog‘istondan tashqari Iroq va Eronni ham qamrab olgan edi.

2022-yildan urush boshlangach, O‘zbekistonning Rossiya benziniga qaramligi keskin orta boshladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilga kelib qo‘shni Turkmanistondan benzin importi karrasiga kamayib, statistik xatolik darajasigacha pasaygan va hatto keyingi oylarda to‘xtatib qo‘yilgan. Qozog‘istondan benzin importi esa 2022-yildayoq to‘xtatilgan.

O‘zbek energetiklari mamlakat energetik xavfsizligini ta’minlash, barqaror yetkazib beruvchilar geografiyasini kengaytirish va raqobatni rag‘batlantirish o‘rniga Rossiyaga qaramlikni oshirishni ma’qul ko‘rib kelishmoqda", deb yozdi Otabek Bakirov o‘zining Telegram-kanalida.

Ayni paytda o‘zbekistonliklar tarmoqlarda Toshkentdagi ayrim AYOQShlarda benzin narxi sezilarli darajada ko‘tarilgani haqida yozishmoqda.

XS
SM
MD
LG