Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:42

Rossiya harbiylari Xarkovdagi teleminoraga zarba berishdi


Rossiya zarbasi tufayli Xarkovda qulagan teleminora parchasi
Rossiya zarbasi tufayli Xarkovda qulagan teleminora parchasi

Rossiyalik harbiylar Xarkovdagi teleminoraga zarba berishgan. Bir qismi qulagan teleminora videosi va fotosuratlari mahalliy telegram-kanallar tomonidan yoyinlangan.

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov zarba ortidan Xarkov shahrida “televizion infratuzilma obyekti”ga shikast yetganini, raqamli televideniye signalini uzaytishda uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qilgan.

Ayrim manbalar mazkur teleminorada Ukraina havoga qarshi mudofaa tizimining antennasi o‘rnatilgan bo‘lganini aytishgan.

Teleminora balandligi 240 metr bo‘lib, bu shahardagi eng yuksak nuqta edi.

Rossiya Ukraina hududiga, shu jumladan odamlar yashayotgan turarjoylarga har kuni zarba berib kelmoqda. 23-aprelga o‘tar kechasi rossiyaliklar Odessa va Kiyevga raketa va "Shahed" dronlari bilan hujum uyushtirishgan. Buning natijasida Odessada, mahalliy rasmiylar qaydicha, ikki bola doxil yetti kishi jabrlangan.

"Hujum natijasida Odessadagi turarjoy uylariga shikast yetdi, yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilarimiz uch bola doxil 34 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Yetti kishi tan jarohati olgan, ulardan ikki nafari bolalardir", deb yozgan Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.

XS
SM
MD
LG