Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:43

Rossiya IIV: so‘nggi 9 oyda 3 milliondan ortiq o‘zbekistonlik ishlash uchun qaydga turdi


Og‘ir sharoitda, hatto oddiy himoya kiyimlarisiz ishlayotgan o‘zbekistonlik payvandchi, Nijniy Novgorod.
Og‘ir sharoitda, hatto oddiy himoya kiyimlarisiz ishlayotgan o‘zbekistonlik payvandchi, Nijniy Novgorod.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2021 - yilning yanvar—sentabr oylarida 3 million 374 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Migratsiya xizmatida qaydga olinganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 9 oyda kelgan 3 million 374 ming o‘zbekistonlikning taqriban 90 foizi (3 mln 54 ming) Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan.

So‘nggi ikki yilda COVID-19 pandemiyasi bois, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo boshqa mamlakatlaridan ham Rossiyaga borayotgan muhojirlar soni keskin kamaygan edi.

8 - dekabr kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ayni paytda 2 million o‘zbekistonlik chetda yurgani, bularning 80 foizi Rossiya hududida ekanini ma’lum qilgan.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik yurist, Migrant.mobi portali asoschisi Botir Shermuhammadning aytishicha, O‘zbekistondan borayotgan mehnat muhojirlari soni ortgan, ammo Rossiya IIV ma’lum qilgani kabi, 3 million atrofida emas:

- 2021 - yilning may oylaridan boshlab, O‘zbekistondan Rossiyaga ishlagani kelayotgan muhojirlar soni oshdi, xuddi pandemiyadan avvalgi ahvolga qayta boshladi. Lekin, shunda ham 9 oyda 3 million odam ishlagani bordi, degani emas, menimcha. Bu yerda IIV bergan raqam O‘zbekistondan borgan mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirish soni tilga olingan. Bir muhojir shu 9 oy ichida bir necha marta kirgan bo‘lishi mumkin ham mumkin.

Yurist Botir Shermuhammadga ko‘ra, Rossiya migratsiya xizmatida mehnat muhojirlariga oid statistikaning yuritilishi, xuddi Rossiya hukumatining migratsiya siyosati kabi, tushunarsiz va ayrim hollarda juda chalkashdir.

Uning kuzatishicha, Rossiyaga borayotgan migrantlar sonining ortishi, pandemiya yumshashi ortidan kutilayotgan tabiiy jarayondir. Mehnat muhojirlarining ish sharoiti va ularga oid Rossiya qonunchiligida biror yengillik kuzatilmayotir:

- Qonunchilikda yoki migrantlarga oid tartib-qoidada yengillik yo‘q. Aksincha, Rossiyada 90 kundan ortiq qoladiganlardan barmoq izi olinadigan bo‘lyapti. Ishga ruxsatnomani avvalgiday, har yilda bir marta yangilash kerak. Ya’ni, siyosatchilar bu yoqdan mehnat muhojirlariga ehtiyoj katta, degan har xil populistik chiqishlar qilgani bilan, u yoqdan qonunchilikda, qaydga turish yoki ishlash uchun patent olishda hech qanday yengillik berilayotgani yo‘q.

Quyida yurist bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Россиядаги ўзбекистон юрист Ботир Шермуҳаммад билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00
Бевосита линк

Rossiya Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, 2021 - yilning dastlabki 9 oyida Rossiyaga ishlash uchun kelganlar soni bo‘yicha O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Tojikiston (1 million 597 ming 481 kishi), Qirg‘iziston (623 ming 465 kishi), Armaniston (298 ming 801 kishi) va Ozarbayjon (185 ming 752 kishi) egallagan.

8 - dekabr kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ayni paytda O‘zbekistonning 35 millionlik aholisining 2 millioni yoki deyarli 20 foizi doimiy ravishda mehnat muhojiri bo‘lib chetda yurganini bildirgandi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bulardan 80 foizi Rossiya hududida, qolganlari Qozog‘iston, Koreya va AQShda ishlaydi.

XS
SM
MD
LG