Линклар

Шошилинч хабар
06 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:58

Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida nostrategik yadroviy kuchlar mashqini o‘tkazmoqda


Rossiya Mudofaa vazirligi 21-may kuni Janubiy harbiy okrugda nostrategik yadroviy kuchlar shayligini oshirish bo‘yicha mashqlarning birinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Vazirlik qaydicha, mashqlar “Rossiya davlati hududiy yaxlitligi va suverenitetini so‘zsiz ta’minlash” va xatarlarga javob qaytarish uchun shaxsiy tarkib jangovarligini dastaklash hamda nostrategik yadroviy qurol jangovar qismlarini ta’minlashga qaratilgan. Rossiya rasmiylari bunday mashqlar o‘tkazilishi rejalanayotgani haqida 6-may kuni ma’lumot tarqatishgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur tadbirlar “g‘arblik ayrim rasmiylarning Rossiyaga qarshi tahdidlari va provokatsion bayonotlariga javoban” o‘tkazilayotganini urg‘ulagan.

Taktik yadroviy quroldan foydalanish bo‘yicha mashqlar o‘tkazish topshirig‘ini may oyida RF prezidenti va QK oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putin bergan edi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘shanda mashqlarga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Britaniya TIV rahbari Devid Kemeron va AQSH vakillarining yaqindagi bayonoti sabab bo‘lganini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG