Линклар

Шошилинч хабар
09 феврал 2026, Тошкент вақти: 04:46

Rossiyada migrantlarga nisbatan amnistiya e’lon qilinishi mumkin

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyada mehnat va migratsiya qonunchiligi sohasida huquqbuzarliklarni sodir etgan mehnat muhojirlari uchun amnistiya e’lon qilinishi mumkin. Mazkur chora hujjatlarining muddati tugagan yoki mamlakat badarg‘a qilinishi kerak bo‘lgan migrantlar reyestrini ishga tushirishga hozirlik doirasida muhokama qilinmoqda, deya xabar qildi “Kommersant’” gazetasi.

Nazorat qilinadigan shaxslar reyestri 2025-yilda ishga tushishi lozim bo‘lib, u migratsiya nazoratini kuchaytiruvchi qonun loyihalari paketi doirasida tuziladi. Migratsiya siyosati bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishida IIV vakili, “Kommersant’”ning yozishicha, barcha huquqbuzarlar bir vaqtning o‘zida bazaga kiritilishiga “hech qanaqa infratuzilma dosh berolmaydi”, deya bildirgan.

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy yengil huquqbuzarliklar sodir etgan migrantlar uchun amnistiya e’lon qilish “oqilona ish bo‘lardi”, deya qayd etgan. Yig‘ilishda ishtirok etgan Federal xavfsizlik xizmati (FSB) kontrrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menshchikov maxsus xizmat bu kabi tashabbusni qo‘llashga tayyor ekanini bildirdi, deb yozgan gazeta.

Yig‘ilishda Rossiyadagi noqonuniy migrantlar sonini IIV 630 ming nafar atrofida deb baholashi aytilgan. Bu maqomga migrantlar asosan mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlik, ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik yoki noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishganlik tufayli tushib qolishgan. Muhtamal amnistiya ulardan qanchasiga tegishli bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritilgan emas.

XS
SM
MD
LG