Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:30

Rossiyada o‘zbek ayolning farzandi o‘limida ayblangan vrachlar ishi qayta ko‘riladi


Kaliningradlik shifokorlar Elina Sushkevich hamda Yelena Belaya sudda.
Kaliningradlik shifokorlar Elina Sushkevich hamda Yelena Belaya sudda.

Rossiya Oliy sudi Rayosati 2018-yil noyabrda chala tug‘ilgan bolani o‘ldirganlikda ayblangan kaliningradlik vrachlar Yelena Belaya va Elina Sushkevichga oid jinoyat ishini qayta ko‘rish haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti” agentligi. Jinoyat ishi katta ijtimoiy rezonans ko‘targan, vrachlarni qo‘llab-quvvatlab turli aksiyalar o‘tkazilgan, mamlakatning mashhur tibbiyotchilari ularni himoya qilib chiqqan edi.

Kaliningraddagi 4-sonli tug‘ruqxona bosh shifokori Belaya va reanimatolog Sushkevich 2022-yilning sentyabrda qotillikda aybdor deb topilganlar. Bungacha maslahatchilar sudi ularni oqlagan edi. Ayblov tomoni fikricha, vrachlar statistikani buzib qo‘ymaslik maqsadida o‘zbekistonlik Zamiraxon Ahmedovaning chala tug‘ilgan va og‘ir ahvolda bo‘lgan chaqalog‘ini o‘ldirishgan, onaga esa go‘dak o‘lik tug‘ilganini aytishgan.

Ayblov hukmiga ko‘ra, tibbiyotchilar bolaga qasddan magniy sulfatni o‘ldiradigan dozada qilishgan. Shifoxonada bolaning o‘limiga oid ikki xil hujjat topilgan: ulardan birida chaqaloq tug‘ruqdan keyin, ikkinchisida esa tug‘ruqqacha o‘lgani qayd etilgan.

Belaya hamda Sushkevich ayblovni qat’iyan inkor etishmoqda. Belaya “bola tabiiy sabablarga ko‘ra o‘ldi”, deb turib olgan. Sushkevich esa go‘dakni qutqarib qolish uchun mumkin bo‘lgan barcha ishni qilganini, uni jonlantirish uchun yarim soat uringanini takrorlayotir.

Sobiq vrach Yelena Belaya sud zalida. 16-noyabr, 2018
Sobiq vrach Yelena Belaya sud zalida. 16-noyabr, 2018

“Bola tirik qolmasligi kerak!”

O‘zbekiston fuqarosining chala tug‘ilgan bolasi 2018-yilda Kaliningraddagi 4-sonli tug‘ruqxonada nobud bo‘lgan edi.

Tergov materiallariga qaraganda, 2018-yil 5-noyabrda O‘zbekiston fuqarosi Zamiraxon Ahmedova og‘ir ahvolda Kaliningraddagi tug‘ruqxonaga olib kelinadi. Uning muddatidan oldin tug‘ilgan o‘g‘lida nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq muammolar aniqlanadi: chaqaloqni sun’iy nafas olish apparatiga ulaydilar.

Biroq tug‘ruqxona bosh vrachi Yelena Belaya bolaga qimmat turadigan “Kurosurf” dorisini tayinlamaslikka va “u tirik qolmasligi uchun barcha choralarni ko‘rish”ga farmoyish beradi. Mutaxassislar zarur preparat vaqtida tayinlanganida go‘dak yashab ketishi mumkin edi, deya taxmin qilishmoqda.

Kaliningrad viloyati tergov boshqarmasi xulosasida aytilishicha, tug‘ruqxonaning sobiq bosh shifokori Yelena Belaya o‘zbekistonlik ayolning bolasiga o‘sha paytlar bir shishachasi 20 ming rubl (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 200 dollar) bo‘lgan “Kurosurf” preparatini tayinlamaslikni buyurgan.

“Bosh shifokor xodimlariga bola tirik qolmasligi uchun barcha ishni qilishga ko‘rsatma bergan”, degan edi 2018-yilda Ozodlik bilan intervyuda Rossiya Tergov qo‘mitasining Kaliningrad viloyat boshqarmasi vakili Natalya Gatsko.

Birinchidan, biz uni xodimlariga bola hayotda qolmasligi uchun barcha choralarni ishga solishga buyruq berganlikda ayblayapmiz. Ikkinchidan, u qo‘l ostidagi xodimlarga tug‘ruq tarixini qaytadan yozishni buyurgan. Tibbiy hujjatlarga “bola ona qornida o‘lgan edi” deya qayd qilingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish asnosida bolaga “Kurosurf” preparati berilgan yoki berilmagani masalasini muhokama qilganimiz ham yo‘q. Bola 700 gramm vazn bilan tug‘ilgan, uni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulaganlar, nihoyat chaqaloqqa “Kurosurf” preparati berilgan ham, ammo uning jonini saqlab qola olishmagan. Chunki biz bosh vrach o‘z xodimlariga bola yashamasligi uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurgan deb hisoblaymiz, – degan Natalya Gatsko.

Tergov chog‘ida Yelena Belaya o‘z pozitsiyasini “preparat qimmat”ligi bilan izohlagan.

4-sonli tug‘ruqxona xodimlaridan biri Ozodlikka u bosh shifokor taqiqlaganiga qaramay bolaga “Kurosurf” bilan ukol qilganini, lekin preparat kutilgan natijani bermaganini aytgan.

Keyinroq Belaya “statistikani buzmaslik uchun” hujjatlarda O‘zbekiston fuqarosining farzandini “o‘lik tug‘ildi” deb qayd etishga ko‘rsatma bergan.

Mustaqil surishtiruv olib borgan “Moskovskiy komsomoles” nashri Kaliningraddagi 4-sonli tug‘ruqxonada bunga o‘xshash voqealar ilgari ham bo‘lganini yozgan. Gazetada urg‘ulanishicha, avvalroq shu yerlik bir er-xotin o‘z farzandlarining o‘limi tufayli 4-tug‘ruqxona bilan sudlashgan ekan.

Shifokorlarning himoyachilari

4-sonli tug‘ruqxona bosh vrachi Yelena Belayaga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 286-moddasi (“Lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishi”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2018-yil noyabrda Kaliningrad sudi Belayani uy qamog‘iga olgan. Pediatr va jarroh Leonid Roshal boshliq Rossiya Milliy tibbiyot palatasi sud qarorini qoralab chiqqan. Shifokorlar chaqaloqqa qimmatbaho dori bilan muolaja qilmaslikni buyurgan hamkasblariga nisbatan belgilangan ehtiyot chorasini “ortiqcha” deb topganlar.

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, “tibbiyot xodimlariga nisbatan nafrat propagandasi jamiyat tomonidan yalpi qoralanishi lozim”. Tashkilot a’zolari yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘limining Belayaga qo‘yilgan ayblovga aloqasi yo‘q, deb hisoblaganlar.

Муҳожир аёл: Ўзбек аёлларни иш билан таъминласангиз уйга қайтамиз!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:05 0:00

“Vrachlar bola hayoti uchun oxirigacha kurashishlari shart edi!”

Ozodlik jurnalisti O‘zbekiston fuqarosining farzandi o‘limini o‘rganish asnosida ayol Rossiyaga O‘zbekistondan kelganini, tibbiy hisobda turmaganini va sug‘urta polisi bo‘lmaganini aniqlagan.

Bundan tashqari, o‘shanda muxbirimiz Rossiya OAVlarining o‘zbekistonlik ayol Rossiya hududida noqonuniy yashagani haqidagi barcha xabarlari g‘irt yolg‘onligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Kaliningrad viloyati boshqarmasi vakili Natalya Gatsko Ozodlik bilan suhbatda nima bo‘lganidan qat’i nazar tibbiyotchilar go‘dak hayoti uchun oxiriga qadar kurashishlari shartligini ta’kidlagan.

– Jabrlanuvchi ayol Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy yashagan! Garchi buning hech bir ahamiyati yo‘q! Tibbiyot xodimlari sug‘urta polisi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishga majbur. Tibbiy hamjamiyat sudning bosh vrachni qamoqqa olish qarorini adolatsiz deb ataganidan biz ham xabardormiz. Hatto prokuratura ham Belayaning qamoqqa olinishiga qarshi chiqdi. Holbuki biz tergov materiallariga tayangan holda shu qarorga keldik, sud ham bizning pozitsiyamizni ma’qulladi, – degan edi Gatsko Yelena Belaya uy qamog‘iga o‘tkazilishidan oldin Ozodlik radiosiga bergan intervyusida.

XS
SM
MD
LG