Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:49

Rossiyada qurolli qo‘zg‘olon uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi 15-oktyabr kuni qurolli qo‘zg‘olonlarda ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Endilikda isyonchilar umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Amaldagi jinoyat qonunchiligida ushbu xatti-harakat uchun 20 yilga qadar qamoq jazosi belgilangan.

Shuningdek, qo‘zg‘olonlarda ishtirok etganlik uchun minimal qamoq muddati 12 yildan 15 yilga oshirilmoqda.

Пригожин қўшинларини ортга қайтарди. Исён хроникаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:30 0:00

Qonun loyihasiga ko‘ra, isyon oqibatida odamlar halok bo‘lgan yoki “boshqa og‘ir oqibatlar” yuzaga kelgan taqdirda ishtirokchilar umrbod qamoqqa hukm qilinadi.

Vakolatli idoralarni qo‘zg‘olonga tayyorgarlik haqida avvaldan, ixtiyoriy ravishda xabardor qilgan shaxslar jazodan ozod etiladi.

Yangi qonun loyihasi 2023-yil iyun oyida ro‘y bergan “Vagner” xususiy harbiy shirkatining isyoni ortidan ishlab chiqilgan.

O‘shanda Yevgeniy Prigojin boshchiligida “Moskvaga yurish” e’lon qilgan harbiy guruhlar Rostov shahrini egallagan, Voronej yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi.

Isyonchilar olti harbiy uchoqni urib tushirgani, havo qo‘mondonlik punktiga hujum qilgani oqibatida 15 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Muzokaralardan keyin isyon to‘xtatilgan. Keyinroq Vagner” XHSH rahbari Yevgeniy Prigojin va uning yaqin safdoshlari aviahalokatda o‘lgan.

XS
SM
MD
LG