Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:12

Rossiyadagi avtoavariyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Samara viloyatida 8-aprel kuni sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida ikki o‘zbekistonlik nobud bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangan.

Rossiya nashrlari xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Samara viloyatining “Ural-Muxanovo” avtoyo‘li 26-kilometrida sodir bo‘lgan.

“Chimkent-Nijniy Novgorod” yo‘nalishi bo‘ylab ketayotgan va ichida 66 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus avtoyo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan mazkur avtobus yo‘lovchilarning aksariyati o‘zbekistonliklar ekani aytilmoqda.

YTH chog‘ida jabrlanganlardan 22 nafari, Samara viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilgan, to‘rt nafariga esa ambulator yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, avtohalokat ortidan jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish maqsadida elchi Botirjon Asadov va O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi xodimlari voqea joyiga yo‘l olgan.

“Elchixona xodimlari mazkur masala bo‘yicha Samara viloyatining tegishli tashkilotlari bilan tig‘iz hamkorlik qilishmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostiga olingan”, deyilgan elchixona xabarnomasida.

Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

XS
SM
MD
LG