Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 04:15

Rossiyadagi avtoavariyada yana besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi hodisa 17- dekabr tonggi soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan Saransk – Surskoye – Ulyanovsk yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209 kilometrida ro‘y berganini ma’lum qilgan.

Ulyanovsk viloyati ichki ishlar idorasi yoyinlagan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ketayotgan Cobalt avtomobili qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va MAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Avtoavariya oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi (49 yoshli K.S., 47 yoshli A.A. va B.O., 36 yoshli J.I. hamda 20 yoshli K.A.) halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Konsullik holat nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilayotgani, halok bo‘lganlarning jasadini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotganini bildirgan.

Tahlillarga ko‘ra, Rossiyada ro‘y beradigan YTHlarda har yili o‘nlab o‘zbekistonlik nobud bo‘ladi. Jumladan, joriy yil 10-noyabr kuni Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi YTHda 3 yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Ozodlik 1-sentyabr kuni Nijegorod viloyati hududida sodir bo‘lgan avariya chog‘ida 7 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG