Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:14

Rossiyaning Dnepropetrovskka hujumi oqibatida sakkiz kishi nobud bo‘ldi


Dnepr shahridagi Rossiya raketasiga nishon bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy, 2024-yil 19-apreli
Dnepr shahridagi Rossiya raketasiga nishon bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy, 2024-yil 19-apreli

Rossiyaning Dnepropetrovsk viloyatiga yirik raketa hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi, qator infratuzilma obyektlariga shikast yetdi. Bu haqida viloyat rasmiylari ma’lumot tarqatishdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur hujum oqibatida turarjoy binosi va viloyat markazi Dneprdagi temir yo‘l vokzalining bir necha qavati zarar ko‘rganini bildirdi. U ittifoqchilarni havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuborishga chaqirdi.

“Rossiya terrori uchun javob berishi kerak. Har bir raketa, har bir shahid dronlarini urib tushirish kerak. Dunyo hamjamiyati buni kafolatlay oladi, hamkorlarimiz zarur imkoniyatlarga ega”, degan prezident Zelenskiy.

19-aprel tongida Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga ham raketa zarbalarini bergan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida uch kishi jarohatlangan, infratuzilmaga zarar yetgan.

XS
SM
MD
LG