Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:42

Roza O‘tunbayeva: Arifmetikadan siyosat yasamang


Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayeva O‘sh qirg‘ini yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonida asosan o‘zbeklar nishonga olinayotgani borasidagi xalqaro tashkilotlar xavotirlari yuzasidan Ozodlik muxbiri savoliga javob berar ekan “arifmetikadan siyosat yasamang” deya e‘tiroz bildirdi.

Avstriya poytaxti Vyenadagi iqtisdiy forum doirasida kecha o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘tunbayeva bunday dedi:

- Bugunga qadar 167 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Javobgarlikka tortilganlar orasida haqiqatan o‘zbeklar soni qirg‘izlarga qaraganda ko‘p bo‘lib chiqyapti. Lekin, bu hech narsani anglatmaydi, hali tergovni kutyayotgan 3000ta jinoiy ish turibdi. Sizdan iltimos qilaman, arifmetikadan katta siyosat yasamang,- dedi O‘tunbayeva.

Hozir mamlakat mahkamalarida 167 ta jinoiy ish ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ulardan 80 foiziga yaqini o‘zbeklar hissasiga to‘g‘ri kelishini aytmoqda xalqaro tashkilotlar.

Qirg‘iziston janubida bir yil avval ro‘y bergan voqealar bo‘yicha surishtiruv olib borgan xalqaro komissiya iyun oyidagi zo‘ravonliklardan jabr ko‘rganlarning 75 foizi o‘zbeklar bo‘lishsa-da, ochilgan jinoiy ishlarning 80 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri kelishi, bu narsa tuzatilmog‘i lozimligini tavsiya etgandi.
XS
SM
MD
LG