Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:11

“Saidaziz medgorodok” 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi


“Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev (O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati fotosi)
“Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev (O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati fotosi)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida 5-avgust kuni jamoatchilikka “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va sheriklariga oid jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, sud “Saidaziz medgorodok”ka 20 yillik qamoq jazosi tayin qilgan, jazo muddatini u umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydigan bo‘lgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasida (bezorilik) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan Saidaziz Saidaliyevga avvalroq prokuror ham 20 yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.

“Saidaziz Medgorodok” va 28 kishi ishi bo‘yicha mahkama jarayoni 11-iyun kuni Yunusobod tuman sudida boshlangan edi.

36 yoshli Saidaziz Saidaliyev hamda sheriklari O‘zbekistonda, xususan poytaxt Toshkentda o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan edi.

Mazkur tadbirlar chog‘ida yana jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Ziki eski shahar” laqabli Lutfulla Umarov, “Boxo zavxoz” laqabli Bahodir Sultonov hamda jinoyat olamining boshqa vakillari ushlangandi.

O‘tgan yetti oy mobaynida yuqorida nomi zikr etilgan shaxslardan sud hukmi bilan Salim Abduvaliyev 6 yilga, Lutfulla Umarov 6 yil-u 2 oyga, Bahodir Sultonov 10 yilga, Baxtiyor Qudratullayev esa 20 yilga qamalgan.

XS
SM
MD
LG