Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 00:47

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishdan ketdi


Erkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turdimov hokimlik vazifasidan “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” bo‘shatilgan, biroq uning qanday ishga o‘tganiga aniqlik kiritilgan emas. Ayni paytda mahalliy nashrlar Samarqand viloyati hokimligida 28-noyabr kuni o‘tayotgan sessiyada sobiq hokim o‘z faoliyatini Prezident administratsiyasida davom ettirishi aytilgani haqida yozishmoqda.

Turdimov o‘rniga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Adiz Boboyev tayinlangan. Yangi hokimning avval Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgani ma’lum.

55 yoshli Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatiga 2018-yili hokim etib tayinlangan edi. Bungacha u 2 yil davomida Surxondaryo viloyati hokimi, undan ham avval esa Navoiy viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. Viloyatlarga hokimlikdan avval Turdimov tumanlar hokimliklarida va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.

XS
SM
MD
LG