Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 01:51

Samarqandda o‘quvchi o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi


Samarqand shahrida 14 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan pastga tashlab, joniga qasd qildi.

Gazeta.uz nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda yozishicha, fojia 13-yanvar kuni soat 17:30 larda Bahor mahallasida sodir bo‘lgan. 29-maktabning 8-sinf o‘quvchisi M.R. ko‘p qavatli turarjoy binosining 8-qavat yo‘lak derazasidan o‘zini pastga otgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda mas’ul idoralarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani bildirilgan.

Samarqand shahrida 2024-yilning 12-dekabriga o‘tar kechasi taniqli byuti-bloger va kosmetolog Go‘zal Mahmatqulovaning 8-qavat derazasidan tushib ketib o‘lgani ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Rasmiylar marhuma o‘z joniga qasd qilganini aytishgan, ammo yaqinlari bu versiyani rad etishgan. Hodisa maishiy zo‘ravonlik oqibati degan taxmin ham ilgari surilgandi.

XS
SM
MD
LG