Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 22:59

Samarqanddagi oltin konida ikki kishi halok bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Qoraqo‘ton” tog‘ konidan noqonuniy ravishda oltin rudasini qazib olmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro fojiali tarzda halok bo‘ldi.

Mahalliy matbuotning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilishicha, 9-yanvar kuni soat 20:00 larda 5 nafar fuqaro “Qoraqo‘ton” tog‘ koniga qarashli, mahalliy aholi “Nayman cho‘qqi” deb ataydigan shaxtaga tushishgan.

Ular generator va boshqa uskunalar yordamida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kovlab olayotgan vaqtida generatordan chiqqan is gazidan zaharlangan.

“Oqibatda fuqaro J.S. va O‘.E. shaxta ichi pastki qismiga yiqilib, shaxta devori toshlariga urilib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlanish bilan 10-yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan”, deyilgan BP xabarnomasida.

Vafot etganlarning biri 30 yoshda, boshqasi 20 yoshda bo‘lgan.

Paxtachi tumani prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

O‘zbekistondagi oltin konlarida noqonuniy ravishda oltin qazib olishga uringanlar halok bo‘lgani haqida Ozodlik avval ham bir necha bor xabar qilgan.

2023-yil iyun oyida Samarqand viloyatidagi “Zarmitan” oltin konida ikki yigit nobud bo‘lgan.

2021-yilning yozida Navoiy viloyatidagi tashlandiq konda to‘rt yigit noqonuniy oltin kovlayotgan paytda halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG