Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

Shimoliy Koreya delegatsiyasi muzokara o‘tkazish uchun Eronga bordi


Shimoliy Koreyaning tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Yun Chjon Xo boshchiligidagi delegatsiyasi Eronga yetib borgan. Bu haqda xabar qilgan KXDR Markaziy telegraf agentligi tashrifga oid boshqa tafsilotlarni keltirgan emas.

Shimoliy Koreya va Eron ballistik raketalar yaratish dasturlari bo‘yicha hamkorlik qilayotgani, va ehtimolki, raketalar ishlab chiqarish uchun texnik tajriba va komponentlar almashayotgani yuzasidan shubha-gumonlar anchadan buyon bor. “Amerika ovozi” qaydicha, Pxenyan va Tehron maxfiy harbiy aloqalarga ega, deb ko‘riladi.

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi shimoliy koreyalik yuqori lavozimli mulozimning Eronga avvalgi safari 2019-yilda bo‘lib o‘tgani haqida yozgan. O‘sha paytda Shimoliy Koreya Oliy xalq yig‘ini raisining o‘rinbosari Pak Chol Min Eron parlamenti raisi bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Janubiy Koreya razvedkasi taxminiga ko‘ra, Eron 14-aprelga o‘tar kechasi Isroil hududiga zarba berishda Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar — dron va ballistik raketalardan foydalangan bo‘lishi mumkin.

AQSH esa Eron va Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol-aslaha yetkazib beryapti va Rossiya armiyasi bu qurollardan Ukrainaga qarshi urushda foydalanmoqda, degan gumonda. Tehron, Pxenyan va Moskva bu ayblovlarning barchasini rad qilib keladi.

XS
SM
MD
LG