Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 13:01

Shveysariyadagi bank Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblanmoqda


Гулнора Каримова
Гулнора Каримова

Shveysariya prokuraturasi badavlat mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Lombard Odier bankini og‘irlashtiruvchi shartlar bilan pul yuvishda aybladi, deb yozdi Financial Times nashri.

Rasmiylarga ko‘ra, bank bir necha yil davomida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga ko‘maklashish bo‘yicha “hal qiluvchi rol”lardan birini o‘ynagan.

Prokuratura taxminicha, 2023-yil sentyabrida ayblov e’lon qilingan Karimova yirik miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib, ularni Shveysariyadagi “Ofis” deya tanilgan tashkilot orqali yuvgan. Gulnora Karimovaning o‘zi mazkur ayblovlarni rad etgan.

Lombard Odier bankining sobiq xodimiga ham ayblov e’lon qilingan. Prokuratura bu ishni 2016-yildan buyon yuritib kelmoqda.

Gulnora Karimova 2015-yilning 18-dekabrida Toshkent shahar sudining hukmi bilan 10 yilga, 2020-yilning 18-martida esa yangi ochilgan jinoyat ishi doirasida 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U ayni paytda jazo muddatini Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasida o‘tamoqda.

XS
SM
MD
LG