Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:30

Slovakiya bosh vaziri ukrainalik qochqinlarga yordamni qisqartirish bilan tahdid qildi


Slovakiya bosh vaziri  Robert Fitso
Slovakiya bosh vaziri  Robert Fitso

Slovakiyada Ukraina hududi orqali Rossiya gazi yetkazib berilishining to‘xtatilishiga nisbatan javob choralari muhokama qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Robert Fitso bildirdi.

Fitso yetakchiligidagi Smer partiyasi Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berilishining to‘xtatilishi, ukrainalik qochqinlarga yordam qisqartirilishi masalalarini ko‘rib chiqadi hamda gaz tranziti tiklanishi yoki bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazi yetkazib berilmay qo‘yilgani tufayli Slovakiya ko‘rgan zarar uchun tovon talab qiladi. Fitso hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakat bundan qariyb 500 million yevro miqdorida zarar ko‘rgan.

Men [partiyam] elektr energiyasi yetkazib berilishining to‘xtatilishi va Slovakiyadagi Ukraina fuqarolarini dastaklashni sezilarli darajada qisqartirishga oid debatlarni olib borish va koalitsiyada kelishuvga erishishga tayyor ekanini bildiraman”, degan Fitso. U gaz yetkazib berilishining to‘xtatilishini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan “sabotaj” deb atagan.

Slovakiyada gaz yetkazib berishning muqobil manbalari ham bor, biroq Fitso mamlakat tranzitdan tushadigan o‘z daromadlaridan mahrum bo‘lishi hamda Rossiyaniki bo‘lmagan gaz yetkazib berilishi uchun qo‘shimcha tranzit yig‘imlar to‘lashini aytmoqda.

Rossiya gazini Ukraina hududi orqali eksport qilish Rossiya bilan Ukraina o‘rtasia tranzit shartnomasi muddati tugagani sababli 1-yanvar kuni to‘xtatilgan. Slovakiya Ukrainadan shartnoma muddatini uzaytirishni talab qilgan.

XS
SM
MD
LG