Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:32

Sobyanin: Moskvaga uchib kelayotgan o‘nta dron urib tushirildi


Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan tunda havoga qarshi mudofaa tizimlari Moskva, Bryansk, Belgorod, Kaluga va Kursk viloyatlari uzra Ukrainaning 45 ta droni urib tushirilganini bildirdi.

“11 ta UUA (uchuvchisiz uchadigan apparat -tahr.) Moskva viloyati hududida yo‘q qilindi, yana 23 ta UUA Bryansk viloyati uzra, 6 ta UUA Belgorod viloyati hududi uzra, 3 ta UUA Kaluga viloyati va 2 ta UUA Kursk viloyati osmonida yo‘q qilindi”, deyilgan vazirlik bayonotida.

Moskva meri Sergey Sobyanin ham o‘tgan tunda Rossiya poytaxtiga dronlar bilan hujum qilish bo‘yicha “eng ko‘lamli urinishlardan biri” kuzatilgani haqida ma’lum qildi. Mer ma’lumotiga ko‘ra, 21-avgustga o‘tar kechasi umumiy hisobda 10 ta dron shaharga yaqinlashayotgan paytda urib tushirilgan.

Sobyanin qaydicha, hujum chog‘ida jabr ko‘rganlar yoki vayrongarliklar haqida ma’lumot yo‘q. Bungacha Moskva meri Podolskda urib tushirilgan hamda poytaxt tomonga kelayotgan dronlar haqida ma’lum qilgan edi.

Podolsk shahar okrugi Moskva viloyatining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy qismi Moskva shahri bilan chegaradosh. Podolsk shahri Moskva aylanma avtoyo‘lidan taqriban 10 kilometr narida joylashgan.

Moskvaga qaratilgan dron hujumi qaytarilgani haqida Sobyanin so‘nggi bor 11-iyul kuni ma’lum qilgandi. O‘shanda dron Moskva viloyatining Stupino shahri hududida urib tushirilgani aytilgan.

O‘tgan yil yozida Ukraina dronlari bir necha bor Moskva shahriga hujum qilgan. O‘shanda Moskva-Sitidagi binolardan birining old qismi shikastlangani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG