Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:25

Sochida o‘zbekistonlik ishchi qo‘lida snaryad portladi


Sochida 2014 yilda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga atalgan qurilishlardan birida ishlash uchun kelgan ikki o‘zbekistonlik ishchi halokatga uchradi.

Xabarlarga ko‘ra, ish boshlash oldidan adaptatsiya kurslarida o‘qiyotgan ikki ishchi tog‘lardan birida sayr qilib yurib harbiy snaryad topib olgan va ishchilardan biri uni qo‘liga olayotgan kezda snaryad portlab ketgan.

Natijada ishchilardan birining bir qo‘li uzilib ketgan. Ikkinchi ishchi esa yengil tan jarohati olgan.

Bu haqda “Jivoy Kubani” nashri bergan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Sochi shahriga rasmiy asosda Snoubord parki qurilishida ishlash uchun kelgan.

Dastlabki tergov taxminiga ko‘ra, ularning qo‘lida portlagan moslama ko‘chkiga qarshi ish olib boruvchi xizmatlari tomonidan qo‘llangan, ammo portlamay qolgan snaryad bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG