Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:43

Sodiq Safoyev: Mirziyoyevning prezidentlik muddatlari "nollashtiriladi"


64 yashar Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda prezident lavozimini egallagunicha 13 yil mamlakat hukumatiga rahbarlik qilgan.
64 yashar Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda prezident lavozimini egallagunicha 13 yil mamlakat hukumatiga rahbarlik qilgan.

O‘zbekiston Senati raisining o‘rinbosari Sodiq Safoyev mamlakat asosiy qonuniga o‘zgartirishlar amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning oldingi prezidentlik muddatlarini "nollashtirishi"ni tasdiqlagan.

Bu haqda u Kun.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, u albatta barcha fuqarolar uchun, shu jumladan bugungi prezidentimiz uchun ham yangi konstitutsiya bo‘yicha saylovlarda ishtirok etishga imkoniyat yaratib beradi. Prezidentimiz bu imkoniyat va huquqdan foydalanadimi, foydalanmaydimi, bu birinchi navbatda ushbu shaxsga havola. Bu shaxsni ko‘rsatadigan siyosiy partiyaga havola. Lekin bu haq-huquq u kishida bo‘ladi. Bu – xalqaro tajriba, yangi konstitutsiyami, yangi huquqiy makon yaratildi va bu yangilanadi", deb aytgan Safoyev.


"Конституцион" авторитаризм: Ўзбекистон бош қомуси яна ўзгаряпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:45 0:00

Ayni paytda u Mirziyoyevning, amalda uchinchi muddat prezidentlik bilan bog‘liq ehtimoliy qarorini O‘zbekistonga tahdidlar va islohotlarni "oxirigacha yetkazish" ehtiyoji bilan oqlashga uringan.

"Shaxsan, mening fikrimni so‘rasangiz, tajribadan kelib chiqib va xalqaro vaziyatni tahlil qilgan inson sifatida shuni aytishim kerakki, bugun biz bir nihoyatda tahlikali dunyoda yashayapmiz. Kundan kunga murakkablashib ketyapti. Shu jumladan bu mamlakatimiz uchun ham salbiy asoratlarini ko‘rsatmasdan iloji yo‘q. Lekin shunga qaramasdan biz islohotlarni davom ettirishimiz kerak. Men aminmanki, bu islohotlarni boshlagan insonda uni oxirigacha yetkazishga imkoniyat bo‘lishi kerak. Buni men kim bilan xohlasangiz va qayerda xohlasangiz bahs qilishim mumkin", deydi Senat mulozimi.

Bu O‘zbekiston hukumati yuqori martabali mulozimining o‘tgan yil oktabridagi prezident saylovi ortidan e’lon qilingan konstitutsiyaga o‘zgartirishlar borasida bergan birinchi ochiq izohidir.

Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan o‘zgartirishlardan pirovard maqsad, Karimov davrida bo‘lgani kabi, amaldagi davlat rahbarining hokimiyatdagi umrini uzaytirish ekani O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisidagi tahlilchilar tomonidan avval-boshdanoq taxmin qilingandi.

Ammo Safoyevning bayonotiga qadar rasmiylar o‘zgartirishlarni inson huquqlari va islohotlarni jadallashtirish ehtiyoji bilan tushuntirganlar.

O‘tgan yil oktabrida ikkinchi va konstitutsiya bo‘yicha oxirgi muddatga saylangan Shavkat Mirziyoyevning o‘zi hozirga qadar 2026-yildan keyingi rejalari haqida gapirmagan.

U, masalan, qo‘shni Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevdan farqli ikki muddatdan ortiq prezidentlikka saylanmaslikka va’da ham bermagan.

Safoyevning bayonoti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi prezident saylovini kuzatgan missiyasi saylovlarga doir yakuniy hisobotini taqdim qilgan pallada yangramoqda.

“Конституция шарпаси". Фаоллар босим кучайганидан шикоят қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:07 0:00

Hay’at saylovlarda haqiqiy raqobat bo‘lmagani, yangi va muxolif partiyalarning ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l berilmaganini tanqid qilgan.

1991-yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti etib saylangan Islom Karimov, 2016-yil sentabrda vafot etgunicha, konstitutsiyani o‘zgartirish orqali 4 marta prezidentlikka saylangan va bir marta referendum orqali prezidentlik muddatini uzaytirgan edi.

O‘zbekiston konstitutsiyasi mamlakat mustaqilligining 30 yili davomida 16 marta o‘zgartirilgan va dunyoda qisqa muddatda eng ko‘p o‘zgartirilgan asosiy qonunlardan biridir.

64 yashar Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda prezident lavozimini egallagunicha 13 yil mamlakat hukumatiga rahbarlik qilgan.

XS
SM
MD
LG