Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 14:48

Statistika agentligi: O‘zbekistonliklar muqim yashash uchun asosan Qozog‘istonga ketmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida 8374 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan.

Statistika agentligi e’lon qilgan hisobotga muvofiq, mamlakatdan muqim yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (6903 kishi yoki 82,4 foiz) va Rossiyaga (1193 kishi yoki 14,2 foiz) borib o‘rnashgan.

O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun tanlagan davlatlar safida Qirg‘iziston (49 kishi), Janubiy Koreya (60 kishi) va Turkmaniston (30 kishi) ham bor.

2023-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistondan 14666 kishi chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan, o‘shanda ham eng ko‘p ko‘chish Qozog‘iston hissasiga (11921 kishi) to‘g‘ri kelgan edi.

Avvalroq mahalliy matbuot 2000-2020-yillarda O‘zbekistondan 1 107 854 kishi xorijiy davlatlarga bosh olib ketgani holda, atigi 99 341 chet ellik ko‘chib kelgani haqida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG