AQSHning Nyu-York shahrida 16-dekabr kuni sudya 2016-yildagi saylov kampaniyasi chog‘ida saylov jamg‘armasidan noqonuniy ravishda mablag‘ xarflaganlikka oid ish yuzasidan Donald Trampni aybdor deb topish bo‘yicha sud hay’ati tomonidan chiqarilgan hukmni bekor qilishdan bosh tortdi.
Sudya Xuan Merchan Tramp advokatlarining mamlakat Oliy sudining prezident o‘z rasmiy vakolatlari doirasida amalga oshirilgan xatti-harakatlari uchun ta’qib qilinmasligi haqidagi qarori Donald Trampni bu ish bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilishiga oid vajlarini rad qilgan. Ayblov vakillari Trampga nisbat berilgan jinoyatlar u tomonidan prezident saylovigacha sodir etilganini urg‘ulashgan.
Kuzatuvchilar ta’kidicha, Donald Tramp sudyaning bu qarori ustidan yuqori instansiya sudiga murojaat qilishi hamda boshqa huquqiy argumentlarga tayangan holda sud hay’ati hukmi bekor qilinishiga urinib ko‘rishi ham mumkin.
Nyu-Yorkdagi sud hay’ati joriy yilning may oyida Donald Trampni aybdor deb topgan edi. Tramp o‘rtalarida go‘yo bo‘lib o‘tgan jinsiy aloqa haqida jim turishi uchun pornoaktrisa Stormi Deniels to‘langan pulni yashirish maqsadida hisobotni soxtalashtirganlikda ayblangan. Biroq sudya bu ish bo‘yicha hukm chiqishini ikki marta keyinga qoldirgan. Ayblov sudyani Donald Trampning 2029-yilda tugaydigan prezidentlik muddati oxirigacha hukm chiqarmaslikka chaqirgan. Biroq, tahlilchilar taxminicha, sudya saylangan prezidentni qamoqdan saqlab qolishga qaror qilib, hukmni yaqin orada e’lon qilishi ehtimoldan holi emas.