Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 03:51

Suriyada islomiy guruhlar Asad armiyasi mavqelariga hujum qildi


Prezident Asad nazoratida bo‘lgan Suriya armiyasi askarlari Halabning shimoliy qismida, 2020-yil 17-fevrali
Prezident Asad nazoratida bo‘lgan Suriya armiyasi askarlari Halabning shimoliy qismida, 2020-yil 17-fevrali

Suriyada Turkiya bilan aloqasi borligi aytiladigan “Hay’at Tahrir ush-Shom” terror guruhi va boshqalar doxil islomiy guruhlar prezident Bashar Asad nazorati ostidagi Suriya armiyasi va unga ittifoqdosh bo‘lgan eronparast guruhlarning Halab shahri g‘arbidagi pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum boshladi.

Qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida jihodchilar bir necha aholi punkti hamda hukumat armiyasining strategik jihatdan muhim bo‘lgan bitta bazasini egallab olishgan. Hujumlarga javoban Suriya armiyasi rossiyalik harbiylar bilan birgalikda qurolli guruhlar pozitsiyalariga zarba berish uchun aviatsiyani ishga solgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli otryadlar Anadanga yaqinlashmoqda. Bu shahar Asad qo‘shinlari mudofaa chizig‘ida muhim nuqta bo‘lib hisoblanadi. Uni egallagandan keyin jihodchilar Hurayton va Kafr Hamroh aholi punktlarini olishlari mumkin. Bu ularga Halab shimoliy-g‘arbi tomon ilgarilash imkonini beradi.

Tel Rif’at va Munbij chetlarida Turkiya artilleriyasi jangovar shaylik holatiga keltirilgan. Turk armiyasi, aftidan, Suriya demokratik muxolifatining kurd bo‘linmalari tasarrufida bo‘lgan pozitsiyalarga hujumga tayyorlanmoqda.

Sodir bo‘layotgan voqealar so‘nggi yillarda Suriyada kuzatilayotgan fuqarolar urushining eng katta eskalatsiyasiga aylanishi mumkin.

“Hay’at Tahrir ush-Shom” Asad rejimiga qarshi kurash olib borayotgan sunniy jihodiy guruhlari koalitsiyasidir. Guruh 2017-yili “Al-Qoida” terror tashkilotining mahalliy bo‘limi bazasida tuzilgan. Hozirda koalitsiya “Al-Qoida”ga aloqasi borligini rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG