Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 12:01

Tadbirkor faoliyatini asossiz to‘xtatgan hokim jazolandi


Tadbirkor faoliyatini asossiz ravishda to‘xtatgan Qarshi hokimi sud qarori bilan 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi
Tadbirkor faoliyatini asossiz ravishda to‘xtatgan Qarshi hokimi sud qarori bilan 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev tadbirkorga tegishli savdo do‘koni faoliyatini asossiz to‘xtatgani uchun javobgarlikka tortildi.

Daryo.uz nashrining xabar qilishicha, hokim “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzib, savdo do‘koni faoliyatini to‘xtatish haqida noqonuniy topshiriq bergani ortidan Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining viloyat sho‘basi bosh inspektori qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 40 baravari miqdorida (15 million so‘m) jarimaga tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahri sudining 2024-yil 4-noyabridagi qaroriga asosan biznes ombudsmanning ushbu qarori o‘zgartirilib, jarima miqdori Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan BHMning 5 baravariga (1 million 875 ming so‘m) tushirilgan.

Mazkur ish 2024-yil 27-dekabr kuni Qashqadaryo viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida ham ko‘rib chiqilgan. Sudya Maxfirat Ochilova raisligidagi hay’at huquqbuzar Normo‘min Xolboyevning shikoyatini rad etgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘z hududida cheksiz vakolatga ega hokimlarning tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvi odatiy holga aylangan bo‘lsa-da, ularning bu sira qilmishi uchun jazolanishi kamyob voqea sanaladi.

Ozodlik avvalroq hokimlarning tadbirkorlar ishiga aralashuvi muammosini tahlil qilgandi.

XS
SM
MD
LG