Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 02:36

Tadqiqotchi: Nosvoyda zaharli moddalar sigaretdan ko‘proq


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida tayyorlangan nosvoy namunalari Yaponiyaning Kioto universiteti toksikologik laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mazkur tadqiqotni olib borgan o‘zbekistonlik olim Jasur Jo‘rayevning Kun.uz muxbiriga aytishicha, nosvoy tarkibida α-hexachlorocyclohexane, α-geksaxlorosiklogeksan, dieldrin, diyeldrin, toxphene-P26, toksafen- P26, endosulfan-2, endosulfan-2, hexachlorobenzene, geksaxlorobenzin kabi turg‘un organik ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar (pestitsidlar) borligi aniqlangan.

Bu moddalar nosvoyda qancha miqdorda bo‘lishi haqida hozircha me’yor belgilanmagan. Lekin tekshirganimizda o‘zbek nosvoyida sigaretlardagi zaharli moddalar bir necha barobar ko‘proq bo‘lib chiqdi. Tadqiqot tugasa, tavsiyaviy me’yor belgilab, SSV orqali ma’lum qilamiz”, degan Jasur Jo‘rayev.

Turg‘un organik ifloslantiruvchilar va pestitsidlar inson salomatligi hamda sayyora ekotizimiga tahdid soluvchi xavfli kimyoviy moddalar hisoblanadi.

Nos uy sharoitida zararsiz tayyorlanadi va sigaret bilan taqqoslaganda tutun yo‘q, nikotin o‘pkagacha yetib bormaydi, tuflab tashlayman, ichimga ketmaydi deb o‘ylashadi. Lekin har yili AQSHda 1300 ga yaqin kishi tutunsiz tamaki sabab og‘iz saratoniga uchraydi”, degan Jo‘rayev nosvoy iste’mol qiluvchilar nega uni nisbatan zararsiz deb o‘ylashini izohlarkan.

Jasur Jo‘rayev besh yildan beri Yaponiyada jamoat sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha ilmiy izlanish qilib keladi. U Toshkent tibbiyot akademiyasi va Yaponiyaning Xirosima universitetini tamomlagan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoning 121 davlatida 350 milliondan ortiq tutunsiz tamaki foydalanuvchisi bor va ularning 67 foizini erkaklar, 33 foizini ayollar tashkil etadi. Ularning 95 foizga yaqini rivojlanayotgan mamlakatlarda, atigi 5 foizi rivojlangan mamlakatlarda yashaydi.

Saraton tadqiqotlari xalqaro agentligi (The International Agency for Research on Cancer) tutunsiz tamaki og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va oshqozon osti bezi saratoniga sabab bo‘ladi degan xulosaga kelgan.

Ozodlik avvalroq “tutunsiz o‘lim” deb ta’riflanadigan, yengil narkotik sifatida talqin qilinadigan nos chekishga ruju qo‘yishning oqibatlari haqida videosharh tayyorlagandi.

XS
SM
MD
LG