Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 01:54

Tailandda o‘zbekistonlik ayol yuqori qavatdan qulab tushdi


Pattayya Tailandning turistik shaharlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
Pattayya Tailandning turistik shaharlaridan biri bo‘lib hisoblanadi

O‘zbekistonlik ayol Tailandning Pattayya shahridagi mehmonxona oltinchi qavatidan tushib ketdi.

“The Pattaya News” nashrining mahalliy politsiya ma’lumotiga tayangan holda xabar qilishicha, qutqaruv xizmati 7-dekabr kuni soat 12:30 da Pattayya janubidagi mehmonxona balkonidan chet ellik ayol tushib ketgani haqida xabar olgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ayolni zudlik bilan mahalliy shifoxonaga yotqizganlar.

25 yoshli o‘zbekistonlik ayol hodisa oqibatida og‘ir jarohatlangani aytilmoqda.

Pattayya politsiyasi jabrlanuvchi mehmonxonaning 6-qavatida ikki do‘sti bilan turganini aniqlagan. Mirshablar ayolning hamxonalarini so‘roq qilmoqchi bo‘lgan, biroq ikkalasi ham mast holatda bo‘lgani sabab vaziyatga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv davom etayotgani bildirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: fojia ro‘y bergan Pattayya shahri Tailandning janubi-sharqida joylashgan bo‘lib, u sayyohlar serqatnov kurort manzillar sirasiga kiradi.

Ozodlik avvalroq Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan o‘smir u yerdan tushib ketib nobud bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG