Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 19:39

Tayvandagi zilzila qurbonlari soni kamida 9 nafarga yetdi


Zilzila ta’sirida shikast etgan Xualyanь shahridagi turarjoy binolaridan biri, 2024-yil 3-apreli
Zilzila ta’sirida shikast etgan Xualyanь shahridagi turarjoy binolaridan biri, 2024-yil 3-apreli

Tayvanlik qutqaruvchilar zilzila tufayli shikastlangan uylarning vayronalari ostidan o‘nlab odamni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lganlar. 3-aprel kuni kuzatilgan yer silkinishlari natijasida halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida to‘qqiz nafarga yetgan, mingdan ziyod odam jarohatlangan.

Reuters agentligi zilzila ortidan 50 nafar ishchi bedarak yo‘qolgani haqida xabar qildi. Ular minibuslarda milliy park yo‘nalishida ketayotgan bo‘lgan.

AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi Tayvan orolining barcha joyida his qilingan, yaqin kunlarda esa 7 magnitudali yangi zilzilalar bo‘lishi kutilmoqda.
Zilziladan eng ko‘p jabrlangan joy 300 ming aholi yashovchi Xualyan tumani bo‘lgan. Tayvan milliy o‘t o‘chirish xizmati Xualyandagi ikki konda 71 nafar konchi yer ostida qamalib qolgani haqida ma’lumot tarqatgan.

Zilzilalar tufayli temir yo‘l va metroda uchta avariya sodir bo‘lgan. 125 ta binoga shikast yetgan, 90 mingdan ziyod uy xo‘jaligi elektr ta’minotisiz qolmoqda.

Tayvan markazi Taypey shahrida kasalxonalar, ayrim binolarga shikast yetganiga qaramay, odatdagidek tartibda faoliyat yuritmoqda, deya ma’lum qilgan mahalliy rasmiylar.

AQSH ma’muriyati zilzilalar ortidan Tayvandagi vaziyatni kuzatib bormoqda. 3-aprel kuni Vashingtonda so‘zlagan Milliy xavfsizlik kengashi vakili Qo‘shma Shtatlar jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi, deya xabar qildi CNN telekanali.

XS
SM
MD
LG