Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2021, Тошкент вақти: 19:50

Tojik militsioneri qarindoshlari 26 ming dollar tovon talab qilmoqda


Mehronsho Jumayev. Oilaviy arxiv surati.

Ehtiyotsizlik oqibatida o‘z hamkasbi Mehronsho Jumayevni o‘ldirgani uchun sudlangan Tojikiston militsiyasining sobiq xodimi Nasim Amirzodaning qarindoshlari jabrlangan tomon ulardan 300 ming somoniy (26500 dollar) tovon talab qilishayotganidan nolimoqda.

Marhum Jumayevning yaqinlari esa, o‘z navbatida, tovon puli miqdori masalasida ular Amirzodaning qarindoshlariga emas, sudga murojaat qilishganini aytishyapti.

Nasim Amirzodaning ukasi Salim Ahmadovga ko‘ra, sud o‘ldirilgan Mehronsho Jumayevning qarindoshlariga to‘lash uchun 100 ming somoniy tovon puli belgilagan, biroq jabrlangan tomon ulardan 300 ming somoniy talab qilmoqda.

“Hamma ish Allohdan, taqdirda bitilgan ekan, shu ish bo‘ldi... Ammo Jumayevning qarindoshlari sud hukmidan keyin ham 300 ming somoniy to‘laysizlar, deb oyoq tirab olishgan. Shu pulni berganimizdan so‘nggina da’vodan voz kechisharmish. Lekin bizda buncha pul yo‘q”, deydi Salim Ahmadov.

Marhum militsionerning amakisi Xoliqnazar Jumayev esa Salim Ahmadovning iddaosini “tuhmat” demoqda.

“O‘z vaqtida sudga qotil militsionerdan 300 ming somoniy undirib berish iltimosi bilan murojaat qilganmiz. Sud esa atigi 100 ming somoniy to‘lanishi haqida qaror chiqardi. Biz qaror ustidan Xatlon viloyati mahkamasiga shikoyat berdik”, deydi Jumayev.

Xatlon viloyati, Panj tumani sudi joriy yilning may oyida Panj tumani IIB xodimi, Tojikiston IIV Akademiyasining sirqi bo‘limi 4-kurs kursanti Nasim Amirzodani o‘z hamkasbi Mehronsho Xoliqnazarovni “ehtiyotsizlik sababli” o‘ldirgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilgan, muddat manzil-koloniyada o‘talishini belgilagan edi. Uning zimmasiga tovon puli sifatida marhumning qarindoshlariga 100 ming somoniy to‘lash majburiyati ham yuklangan.

Mahkum Nasim Amirzodaning qarindoshlari sud qaroriga rozi va mahkama tayinlagan 100 ming somoniy miqdordagi tovon pulini to‘lashga tayyor. “Akam aybiga iqror bo‘lgach, sud qaror chiqarib, jumladan 100 ming somoniy tovon puli belgilaganidan so‘ng jabrlangan tomon boshqacha gapira boshladi. Endi ular 300 ming somoniy talab qilishmoqda, aytishlaricha, shu pulni bermasak, shikoyat bilan Oliy sudgacha chiqishar emish”, deydi Salim Ahmadov.

Xoliqnazar Jumayev ma’naviy zarar miqdori yuqori mahkamaga shikoyat berishlarining yagona sababi emasligini bildiradi. “Biz nafaqat tovon puli miqdoridan, umuman birinchi instansiya sudi hukmidan norozimiz va uni adolatsiz, deb hisoblaymiz”, deydi u.

Voqea 2021 - yil 7 - fevral kuni ertalab soat 4:00 larda yuz bergan. Panj tumanidagi Kabut Sayfiddinov jamoati uchastka noziri, militsiya leytenanti Mehronsho Jumayev tuman IIB binosida navbatchilikni qabul qilish oldidan o‘qotar qurol olayotganida o‘lgan. Panj tumani prokuraturasi Kalashnikov avtomatidan unga qarata ikki marta o‘q uzgan Panj tumani IIB xodimi, militsiya starshinasi Karim Amirzodaga qarshi ish qo‘zg‘atgan.

Xatlon viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudi hay’ati 9 - iyun kuni Mehronsho Jumayev qarindoshlarining kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, Panj tumani sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Marhum militsionerning amakisi Xoliqnazar Jumayevga ko‘ra, endi ular viloyat sudi qarori ustidan shikoyat qilishmoqchi.

XS
SM
MD
LG