Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 19:07

Tojikistonda korrupsiyadan shikoyat qilgan 74 yoshli advokat qamaldi


Tojikistonlik advokat Fayzi Oliy (Fayzali Yuldoshev)
Tojikistonlik advokat Fayzi Oliy (Fayzali Yuldoshev)

Dushanbedagi Sino tumani sudi yolg‘on ma’lumot yetkazganlikda ayblangan 74 yoshli advokat Fayzi Oliyni (Fayzali Yuldoshev) 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Ozodlikning tojik xizmati xabariga ko‘ra, sud hukmi 29-noyabr kuni chiqarilgan, biroq bu haqda 2-dekabrga kelib ma’lum bo‘lgan.

Davlat qoralovchisi advokatga olti yillik qamoq jazosi so‘ragan. Sudya sudlanuvchining yoshini e’tiborga olib, kichikroq muddat bergan. Fayzi Oliy hukm o‘qilishi bilan sud zalidan to‘g‘ri hibsxonaga olib ketilgan.

Advokatga nisbatan jinoyat ishi uning o‘z mijozi nomidan prokuratura xodimlari bilan bog‘liq korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan bosh prokuror, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, Tojikiston Xavfsizlik kengashi va prezident ijroiya apparatiga shikoyat qilgani ortidan qo‘zg‘atilgan.

Mazkur shikoyatda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs nomidan Dushanbe prokuraturasining bir necha xodimi o‘z mijozlariga nisbatan ta’magirlik qilganini bayon qilgan. Bunga javoban kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari uning mijozlariga bosim o‘tkazib, ulardan prokuratura xodimlariga qarshi ayblovlar va advokatning xizmatlaridan voz kechishni talab qila boshlashgan.

Prokuratura advokatni o‘z xodimlariga qarshi yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblab, uning ishini sudga oshirgan.

XS
SM
MD
LG