Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:48

Tolibon harakati Twitter inqilobiga qo'shilmoqchimi?


Bir vaqtlar zamonaviy texnologiyalarni, hususan televideniye va musiqani ta'qiqlagan Tolibon harakati bugun Internetda faol ish olib bormoqda. O'z veb-saytiga ega bo'lgan harakat endilikda Twitter mikroblog xizmatidan ham kun sayin foydalanmoqda.

Tolibon harakatining Twitter sahifasi @alemarahweb bo'lib, u yerda ular asosan NATO va "qo'g'irchoqlar" deb atalmish afg'on hukumati kuchlariga qarata qilingan toliblarning hujumlari tafsilotlari haqida bayon qilishadi.

2010 yilning dekarb oyida ochilgan sahifa yaqin kunlargacha pushtu tilida 140 berlgiga ega mikro-xabarlarni yozar edi. May oyining 12-chi kunidan boshlab esa unda ingliz tilidagi xabarlar ham paydo bo'la boshladi. Ingliz tilidagi birinchi xabar Afg'onistonning Farah provinisiyasida afg'on hukumati armiyasiga qarshi uyushtirilgan hujum haqida bo'ldi.

Tolibon harakatining Twitter sahifasidagi har bir mikro-xabarda, ularning atigi 140 belgiga ega bo'lganligi bois, toliblar veb-saytidagi hujumlar haqida to'liq yozilgan maqolalarga link beriladi. Biroq, ularning serverlari tez-tez yopilgani bois, ayrim linklar ishdan chiqgan.

Nufuzli "The Guardian" nashrining yozishicha, Toliblar Twitter sahifasida ularning dushmanlariga qilingan hujumlarga oid "o'ta bo'rttirilgan ma'lumotlar"ni bermoqda.

Aytgancha, 12 may kuni 'The Guardian" veb-saytidagi maqola chiqishidan oldin toliblarning twitter sahifasi atigi 224 "follower", ya'ni kuzatuvchiga ega edi. Maqola chiqgandan so'ng esa kuzatuvchilarning soni 5770ga yetdi.
XS
SM
MD
LG