Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:22

Toshkentda 8 kishi "terrorizmni moliyalash"da ayblanmoqda. Ular orasida tarmoq faollari ham bor


Toshkentdagi mahkama zali. Illyustrativ surat
Toshkentdagi mahkama zali. Illyustrativ surat

Toshkentning jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi 8 nafar shaxsni "terrorchilik harakati haqida xabar bermaslik" va "terrorni moliyalashtirish"da ayblab qamoqqa olgan.

3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 155 va 155-moddalari bilan ayblov e’lon qilingan shaxslar, Toshkent shahar IIBB vakilining Ozodlikka tasdiqlashicha, dastlabki tergov uchun 10 kun muddatga qamoqqa olingan va hozirda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi izolyatorida saqlanmoqda.

Ozodlik ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar ijtimoiy tarmoqdagi Mahdiy Mirzayev, Otabek Hijama Hajjam, Bahodir Hijomachi, Bramer Men nomli profillar egalari hamda yana 4 nafar andijonlik shaxslardir.

Gumonlanuvchilarning aksariyati surishtiruv organi tomonidan qo‘yilayotgan ayblarni rad etgan.

Ozodlikning tergovdan xabardor manbasiga ko‘ra, gumondorlardan faqat bir kishi qisman iqrorlik bildirgan. Uning tergov bilan hamkorlik qilayotgani aytiladi.

Gumondorlarning qarindoshlariga ko‘ra, ular shu yilning 20-21-may kunlari mayda bezorilik aybi 3-1010-2303-sonli ma’muriy huquqbuzarlik ishi diorasida 15 sutkalik qamoqqa olingan.

Mirobod tuman sudining 3-iyun kungi qarori gumondorlarning advokatlariga 5-iyun kuni berilishi aytilgan, ammo hozirgacha berilmagan.

Jamshid (Mahdiy) Mirzayevning yaqinlari tergov organlari o‘zlariga bosim o‘tkazganini iddao qilmoqda. (Mirzayevning Facebook sahifasidan olingan surat)
Jamshid (Mahdiy) Mirzayevning yaqinlari tergov organlari o‘zlariga bosim o‘tkazganini iddao qilmoqda. (Mirzayevning Facebook sahifasidan olingan surat)

“Yopiq mahkama”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi 8 nafar gumondorga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash chog‘idagi sud majlisining yopiq o‘tkazilishini gumondorlarning “hali tergovga ma’lum bo‘lmagan sheriklari bo‘lishi mumkinligi” vaji bilan izohlagan.

“Agar sud majlisi ochiq bo‘lsa va bu shaxslarning qilmishidan ularning ehtimoliy sheriklari xabardor bo‘lishsa, ular jinoyat izini yo‘qotishga harakat qilishi mumkin.

Bu borada jamoat xavfsizligi va tergov organining samarali ish olib borishi uchun sud yopiq bo‘ldi. JPKda bunday holat ko‘zda tutiladi” deydi Mirobod sudining ismi sir qolishini istagan xodimi Ozodlikka.

Ayblov motivi — ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalar

Gumonlanuvchilarning yaqinlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari dastlabki surishtiruvlar davrida tergovga jalb qilingan shaxslarning “Telegram" ijtimoiy tarmog‘i orqali guruh tuzishgani, o‘zaro yozishmalarida terrorizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ to‘plashgani”ni iddao qilgan.

Gumondorlarning Ozodlik bilan gaplashgan ayrim qarindoshlariga ko‘ra esa, tergov organi gumondorlarning xayriya uchun yiqqan mablag‘larini terrorizmni moliyalash deb talqin qilishayotgan bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

Qarindoshlarga ko‘ra, Telegram guruhining Andijondagi vakillaridan birining “ehtiyotsizligi tufayli” yozishmalar huquqni muhofaza qilish organlari qo‘liga tushgan.

"Bo‘ynimga katta narsalarni qo‘yishmoqda"

Jinoyat ishi figurantlari orasida ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida diniy mazmundagi postlari bilan tanilgan Jamshid Mirzayev (Mahdiy Mirzayev) ham bor.

Mirzayevning onasi Ozodlik bilan suhbatda so‘nggi marta o‘g‘li bilan shu yilning 31-mart kuni Toshkent shahar IIBBda telefon orqali gaplashgani, o‘g‘li unga: “Mening bo‘ynimga katta narsalarni qo‘yishmoqda, hammaga xabar bering!” deganini aytdi.

Mirzayevning onasiga ko‘ra, o‘g‘li dastlab qamoqqa olingan 21-may kuni u va turmush o‘rtog‘ini ham Yunusobod tumani IIBga olib borib so‘roq qilingan. U so‘roq jarayonida o‘zlariga “bosim o‘tkazilgani”ni iddao qildi.

Oxirgi hibsga olishlar tarmoqlarda islomiy nashida tarqatgani uchun qamash va ayrim diniy blogerlarning ichki ishlar idoralariga chaqirilib ogohlantirilishi hamda jarimaga tortilishi manzarasida yuz bermoqda.

23-may kuni Toshkentning Shayxontohur tuman sudi sobiq imom va diniy bloger Shavkat Hasanni “diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish” (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2 moddasi) bilan aybdor, deb topib 6,6 million so‘m jarimaga tortgan.

Shavkat Hasanning Kun.uz nashriga bildirishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Shavkat Hasan kontentlarida terrorizm va diniy adovatga chaqiruvchi g‘oyalar yo‘q, deb topgan. Shunga qaramay uning materiallari “tegishli tartibda ruxsat olmay tarqatilgani” aytiladi.

Tarmoqlardagi videomurojaatida Shavkat Hasan “shuncha yillik rasmiy diniy faoliyatida bunday ekspertiza olinishi kerakligini bilmaganini ham” ta’kidlagan.

So‘nggi hibsga olish va mahkama jarayonlari tarmoqlarda O‘zbekistondagi diniy erkinliklar doirasi torayotib borayotgani haqidagi xavotirlarga sabab bo‘lgan.

Xalqaro ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida ko‘pgina cheklov va mavhumliklar saqlanib qolmoqda.

Shu yil martida O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMTning diniy erkinliklar bo‘yicha sobiq maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid qonunda, jumladan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish, diniy ta’lim berish, diniy adabiyotlar chop etilishi jarayonini erkinlashtirishga oid normalarda "qoloqlik" saqlanib qolayotganini aytgan edi.

27mart kuni Toshkentdagi AQSh elchixonasida o‘tgan brifingda u O‘zbekiston hukumati BMT maxsus ma’ruzachisining diniy erkinlik bilan bog‘liq jinoiy, ma’muriy qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, “ekstremizm” tushunchasini qayta ko‘rib chiqish, shaxslarga “diniy ekstremizm”, “konstitutsiyaga xilof faoliyat” tushunchalarini aniqlashtirish tavsiyasini bajarmaganini tanqid qilgan.

XS
SM
MD
LG