Линклар

Шошилинч хабар
02 октябр 2022, Тошкент вақти: 02:57

Toshkentda Ahmad Basharskiy va boshqalar ustidan mahkama boshlandi


Shu yilning 4-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida tovlamachilik, bosqinchilik, odam o‘g‘irlash, o‘qotar qurollardan qonunga xilof ravishda foydalanish hamda tan jarohati yetkazishda ayblanayotgan 8 nafar sudlanuvchi ustidan mahkama boshlandi.

Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Narimov tomonidan imzolangan ayblov xulosasiga ko‘ra, ular tovlamachilik, odam o‘g‘irlash singari og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Sudlanuvchilarning so‘nggisi S. M. (ko‘cha tilida Ahmad Basharskiy)ga nisbatan dastlab O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyinchalik badanga og‘ir tan jarohati yetkazish aybiga o‘zgartirilgan.

Sudlanuvchilarning 7 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, ularning 6 nafari Toshturmada, bir kishi esa maxsuslashtirilgan tibbiy qamoqxona (Sangorod)da saqlanmoqda. Sudlanuvchilardan biri munosib xulq atvorda bo‘lish tilxati asosida ozodlikka chiqarilgan.

Sud majlislari jamoatchilik uchun ochiq, ammo ommaviy axborot vositalarining tasvir yoki audio moslamalardan foydalanishiga ruxsat etilmagan. Shuningdek, mahkama ishtirokchilariga sudning qonuniy hukmi kuchga kirmagunicha farazlarni matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda bildirmaslik majburiyati yuklangan.

O‘zi nima bo‘lgandi?

262772/2022-78SW-sonli jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, jinoyat ishi ochilishiga 2022- yil 8-mart kuni soat taxminan 23:00 larda 69 yashar S. M (Ahmad Basharskiy) o‘z uyi oldida D.Q va O.M ni “ISh-12” rusumli 12 kalibrli “qo‘shotar” ov quroli bilan otib tashlagani asos bo‘lgan.

Tergov natijasida aniqlanishicha, Basharskiyning 21 yashar nevarasi 2021-yilning iyul oylarida S.O va O.M bilan tanishib, tijorat qilish uchun ulardan bo‘lib-bo‘lib, so‘nggi yarim yil davomida jami 395 ming AQSh dollari oladi. Mazkur mablag‘ avval sovutgichlar, so‘ng telefon biznesidan 50/50 nisbatdagi foydaga kelishiladi.

Jabrlanuvchi Diyor Abdulhamidov tergovga bergan ko‘rsatmalarida jinoiy guruh a’zolarining uni muntazam qo‘rqitish, bobosi va otasi hayoti bilan tahdid qilib, undan foyda olib kelishganini ta’kidlaydi.

Diyor Abdulhamidov sudlanuvchilar bilan o‘rtalaridagi tijorat ishi avvaliga kelishilgan foyda 50/50 nisbatda bo‘lgani, so‘ng uni jinoiy guruh a’zolari 80/20 nisbatga tushirishgani haqida ko‘rsatma bergan. So‘ng bu tijoratidan katta zararga kirib qolgani va uni bobosi eshitganini aytgan. S.M. tasarrufidagi Cadillac avtomobili, yer uchastkalarini sotib, qarzning bir qismini qoplagan.

2022-yilning 8-mart kuni tungi soat 23:00 larda jinoiy guruh a’zolari D.Q va O.M pulning muayyan qismini olish uchun Basharskiy xonadoniga boradi. Xonadon egasi ikki nafar shaxsni “ISh-12” rusumli 12 kalibrli “qo‘shotar” ov quroli bilan otib, og‘ir yarador qiladi.

Отишма ҳолати ëзиб олинган видео тасвир
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:37 0:00

Nomdor sudlanuvchilar...

Jinoyat ishida sudlanuvchi sifatida so‘roq berayotgan ikki nafar shaxs — Sirojiddin Ortikov va Sardor Akbarovning nomlari matbuotga yaxshi tanish. Ular 2018-yilning 20-iyun oqshomida "Aurum 898" tungi klubida MMA ustasi, uch karra jahon chempioni Murod Xonto‘rayevning pichoqlanishida ishtirok etishgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning badanga og‘ir tan jarohati yetkazish bilan ayblangan bu shaxslar jazo muddatlarini o‘tab chiqishgan.

Ahmad Basharskiy jinoiy guruhlar faoliyatiga yetakchilik qilgani haqida norasmiy ma’lumotlar mavjud. Basharskiyning yaqin qarindoshlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yuqori martabali mulozim ekani ma’lum.

Sudlanuvchilar iddaosi

Sudning qora kursisida o‘tirganlarning tergov jarayonida bergan ko‘rsatmalariga ko‘ra, jabrlanuvchi Diyor Abduhakimov ularning biznes hamkori bo‘lgan.

Tijorat faoliyati davrida jabrlanuvchi Diyor Abduhakimovga nisbatan tazyiq yoki boshqa ko‘rinishdagi bosimlar qilishmagan. Hatto jinoiy guruh deb atalayotgan sudlanuvchilarning ayrimlari Diyor Abduhakimov bilan kechgan biznes faoliyati davrida qamoqda bo‘lishgan.

Ahmad Basharskiy tomonidan qo‘shotar miltiqdan otilgan ikki nafar shaxs hayotiga xavf soladigan tan jarohatlari olishgan. Ularning badanida hanuzgacha porox chashma (oskolka) bo‘laklari mavjud.

Dastlabki tergovlar davomida Ahmad Basharskiyga nisbatan qotillik bilan jinoyat ishi ochilgan bo‘lsa-da, uning jinoyati so‘ngra badanga og‘ir tan jarohati yetkazishga malakalangan.

XS
SM
MD
LG