Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:19

Toshkentdagi MCHJ 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahrida katta miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanida joylashgan “K.I.” MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 7 milliard 528 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

“O‘zenergoinspeksiya” o‘tgan hafta Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa ulab, 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani haqida ma’lumot yoyinlagandi.

Energetika idoralari mamlakatning turli hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari haqida muntazam axborot berib boradi.

Tarmoq faollari esa soha mas’ullariga “baliqning boshi”ni ham tozalash, “katta o‘g‘rilar”ni ham fosh etish kerakligini eslatib keladi.

XS
SM
MD
LG