Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:03

Toshkentdagi tartibsizlik ortidan 5 kishi mahkamaga tortildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan mehmonxonalarning birida 6-sentyabr kuni o‘tkazilgan “Pepsi Music Fest 2024” musiqa festivali chog‘ida ommaviy tartibsizlik ro‘y bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lumot tarqatgan.

Xabarnomada tartibsizliklar chog‘ida fuqarolarning tan jarohatlari olmagani aytilsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda keksa yoshli bir necha shaxs jabrlangani tilga olingan.

Ozodlik tasarrufidagi ayrim videolarda balog‘atga yetmagan o‘nlab shaxsning festival sahnini buzib o‘tgani, ularga qarshilik ko‘rsatayotgan Milliy gvardiya xodimlarini yiqitib, sahnaga intilayotganini ko‘rish mumkin.

Voqea guvohlariga ko‘ra, o‘sha kuni Pepsi kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan tadbir mehmonlari – repperlar Makann va Xcho o‘z xonishlarini ijro etishgan. Ular bilan jonli ko‘rishish maqsadida sahnaga intilgan balog‘atga yetmagan o‘smirlar ommaviy tartibsizlik sababchilariga aylanishgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati qaydicha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida “Pepsi Music Fest 2024” musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazilgan.

Soat 18:00 dan 22:20 ga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘plab musiqa ixlosmandlari yig‘ilgan. Biroq ular orasida bir nechta fuqaro, iddaoga ko‘ra, jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, mayda bezorilik sodir etgan.

IIO xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilyapti.

“O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olganligi haqida xabar kelib tushmaganligini ma’lum qilamiz”, deyilgan IIBB xabarnomasida.

O‘tgan yilning 7-dekabr kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jah Khalib konsertiga tarqatilgan soxta chiptalar tufayli ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan edi.

O‘shanda Humo Arena saroyiga yetib kelgan Milliy gvardiyaning maxsus batalyoni askarlari bilan yig‘ilganlar orasida to‘qnashuv bo‘lib, tartibsizlik ishtirokchilari orasida pichoqbozlik bo‘lgani aytilgan. O‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda boshlangan “ko‘chaga qarshi reydlar”ni ham ayrimlar aynan shu voqeaga bog‘lashgan.

2024-yilning 31-mart kuni Xorazm viloyati Urganch tumani “Bog‘dorchi” mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqaro o‘zaro guruh-guruh bo‘lib mushtlashishgani xabar qilingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, shuningdek hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutkaga qamalgan.

Shu yilning 29−31-iyul kunlari Andijon viloyati Xonobod shahrida o‘tkazilgan “Dunyo sadolari” II xalqaro milliy estrada san’ati festivali doirasida ham bir necha bezorilik holati qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG