Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 18:46

Tramp BRICSni dollardan voz kechish oqibatlaridan ogohlantirdi


AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp, agar BRICSga a’zo mamlakatlar savdo-sotiqda dollardan voz kechish jarayonini boshlashsa, ularning Amerika iqtisodiyotiga daxlini cheklashni va 100 foizli boj joriy qilishni va’da qildi.

BRICS mamlakatlari dollardan chetlanishga urinishi, biz esa buni bir chetda kuzatib turishimiz haqidagi g‘oya TUGADI”, deb yozgan Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

Biz bu mamlakatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli Amerika dollarini almashtirish istagida boshqa bir valyutani qo‘llamaslik majburiyatini o‘z zimmalariga olishni talab qilamiz. Bu ishni qilishga uringan har qanaqa mamlakat Amerika bilan xo‘shlashish uchun qo‘l siltashi lozim”, deb yozgan u.

2023-yili Braziliya prezidenti Lula da Silva BRICS sammitida tashkilotning yagona valyutasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilganini bildirgan edi. BRICSning shu yil oktyabrida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida u yagona valyutaga o‘tish zaruratini qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiyada bunday valyuta istiqboli ekspertlar hamjamiyatida, shu jumladan prezident Putin ishtirokidagi “Valday” forumida muhokama qilingan. Putinning o‘zi 2024-yili “Valday”da BRICS mamlakatlari iqtisodiyoti bunday valyuta tayyor emasligini bildirgan. Bungacha sentyabr oyida Sharqiy iqtisodiy forumda u Rossiya dollardan voz kechishga urinmayotganini aytgan.

“Biz axir dollardagi hisob-kitoblardan voz kechmadik-ku. Bizdan yuz o‘girishdi va biz shunchaki boshqa imkoniyatlar qidirishga majburmiz”, degan Putin.

XS
SM
MD
LG