Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 21:11

Tramp Putin bilan “tez orada” uchrashmoqchi


AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 13-yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishganidan (20-yanvar) keyin “juda tez orada” Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish niyati borligini bildirdi.

Men bu ishni ertaroq ham qilgan bo‘lardim, biroq <...> ofisga kirib olish kerak. Ayrim ishlar uchun u yerda bo‘lish shart”, degan Tramp Newsmax'ga bergan intervyusida.

Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash strategiyasi haqidagi savolga Tramp “strategiya bitta va u Putinga bog‘liq”, deya javob bergan.

Men bo‘layotgan ishlarning hammasidan uning boshi osmonda, deya tasavvur qilolmayman, chunki uning uchun ham ishlar uncha o‘ngidan kelayotgani yo‘q”, deya qayd etgan AQSHning saylangan prezidenti.

Donald Tramp 2024-yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasidan keyin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini yakunlash uchun Vladimir Putin bilan uchrashish niyati borligini bildirgan. Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp bu ishni “24 soat” ichida va o‘z inauguratsiyasigacha amalga oshirishni va’da qilgan, biroq bunga oid hech qanaqa tafsilot keltirmagan edi. 7-yanvar kuni Floridada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tramp jangovar harakatlarni to‘xtatish uchun olti oy muddat realroq bo‘lishini aytgan.

AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak maslahatchisi Mayk Uols 12-yanvar kuni Tramp yaqin kunlar yoki haftalar ichida Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini bildirgan. Uolsga ko‘ra, bu muloqot Tramp va Putin sammiti uchun ilk qadam bo‘ladi, mazkur sammitga hozirlik esa allaqachon boshlangan.

Kreml vakillari Putin Tramp bilan uchrashishga tayyor ekanini tasdiqlashgan, biroq ikki liderning muhtamal muzokaralarini uyushtirish bo‘yicha hozircha hech narsa aniq emasligini ma’lum qilishgan.

XS
SM
MD
LG