Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 14:43

Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi


AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan, Parij, 2024-yil 7-dekabri
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan, Parij, 2024-yil 7-dekabri

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Unga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan “bitim” tuzishni istaydi. Tramp tomonlarning muhtamal talafotlari yuzasidan ham o‘z bahosini ochiqladi.

Bu bayonotlarni Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Asad rejimi qulashini sharhlash barobarida bergan.

“Asad endi yo‘q. U o‘z mamlakatidan qochib ketdi. Uning himoyachisi bo‘lgan Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya endilikda uni himoya qilishdan manfaatdor emas. Aslida Rossiyaning u yerda bo‘lishidan naf ham yo‘q edi”, deyilgan Tramp bayonotida.

Tramp qaydicha, Moskva Ukrainadagi urush tufayli Suriyaga nisbatan “butun qiziqishini yo‘qotgan”. Unga ko‘ra, Ukrainada 600 mingga yaqin rossiyalik askar yaralangan yoki o‘ldirilgan.

Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “bu telbalikni bas qilish” uchun Rossiya bilan “bitim” tuzishni istayotganini iddao qilgan. AQSHning saylangan prezidenti Ukraina tomoni ko‘rgan talafotni “400 ming askar” o‘laroq baholagan.

Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash zarur. Shuningsiz ham juda ko‘p odamning umri zoye ketdi, juda ko‘p oila buzildi. Agar shu taxlitda davom etsa, bu yanada kattaroq va yanada yomonroq fojiaga aylanib ketishi ketishi mumkin. Men Vladimirni yaxshi taniyman. Hozir u tomonidan qadam qo‘yilishi kerak. Xitoy yordam berishi mumkin. Dunyo shuni kutyapti!” deb yozgan Tramp.

Mazkur bayonotdan bir kun avval Tramp Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi. Ular orasidagi suhbat 35 daqiqa davom etgan. Suhbat ortidan matbuot anjumani berilmagan. Prezidentlar qayta tiklangan Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining ochilish marosimiga yo‘l olishgan.

XS
SM
MD
LG