Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2022, Тошкент вақти: 03:19

Turk lirasi 5 foizga tushdi, inflyatsiya o‘sishi e’tibor markazida


“Reuters” xabar berishicha, Turkiyada lira dushanba kuni 5 foizga arzonladi. 2021 - yil Turkiya uchun Prezident Toyyib Erdo‘g‘on hokimiyatga kelganidan buyon o‘tgan eng yomon yil bo‘ldi. Inflyatsiya va noodatiy pul-kredit siyosatidan xavotirlar hali hanuz davom etmoqda.

Lira juma kuni dollarga nisbatan 13.1875 dan 13.92 qadar zaiflashdi.

Dam olish kunlaridagi ma’lumotlardan so‘ng, Istanbuldagi chakana narxlar dekabrь oyiga nisbatan 9.65 foizga oshib, yillik 34.18 foizga o‘sganini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, bor e’tibor ertasi kuni e’lon qilinishi kutilgan dekabr oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlariga qaratildi.

“Reuters” so‘roviga ko‘ra, yillik inflyatsiya dekabr oyida 30.6 foizni tashkil etib, 2003 - yildan beri birinchi marta 30 foizdan oshib ketdi.

Shanba kungi m’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oy Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda inflyatsiya kamida o‘n yil ichida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Kamiga Erdo‘g‘on hukumati butun mamlakat bo‘ylab yangi yil uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini keskin oshirgan.

Narxlar o‘sishi benzin, avtomobil sug‘urtasi va pullik yo‘l to‘lovlari uchun ham kuzatilgan. Bu o‘sib borayotgan inflyatsiya va bir qator noan’anaviy foiz stavkalarining pasayishi natijasida yuzaga kelgan valyuta inqirozidan aziyat chekayotgan Turkiya iqtisodiyotiga yana bir zarba bo‘ldi.

Energiya bozori regulyatori yuqori global energiya inflyatsiyasiga tayanib, 2022 - yilda yuqori talabga ega bo‘lgan tijorat iste’molchilari uchun elektr energiyasi narxi 125 foizga va kam talabga ega uy xo‘jaliklari uchun taxminan 50 foizga oshganini ma’lum qildi.

Energiya, neft va yoqilg‘i quyish shoxobchalari ish beruvchilari ittifoqi (EPGIS) juma kuni bir litr benzin narxi yarim liradan ko‘proqqa, dizel narxi esa 1.29 liraga ko‘tarilganini e’lon qildi.

Lira ortda qolgan yilda, so‘nggi bir necha yil ichida rivojlanayotgan bozorlarda eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi. Turk lirasi yil davomida AQSh dollariga nisbatan o‘z qiymatining 44 foizini yo‘qotdi. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida lira 19 foizga zaiflashgan.

Markaziy bank liraning qulashi va inflyatsiya ortishiga qaramay, kredit va eksportga qaratilgan “yangi iqtisodiy dastur”ni ilgari surayotgan Erdo‘g‘onning bosimi ostida sentabr oyidan beri stavkani 500 bazaviy punktga pasaytirdi.

Lira zaifligini jilovlash uchun Erdo‘g‘on uch hafta oldin konvertatsiya qilingan mahalliy omonatlarni xorij valyutalarga nisbatan yo‘qotishlardan himoya qiladigan sxemani e’lon qildi va bu markaziy bank ko‘magida liraning 50 foizga keskin ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi.

Biroq, lira o‘tgan hafta yana tushib ketdi. Bu esa 2023 - yilgi saylovlar arafasida reytingi pasayib borayotgan Erdo‘g‘onni juma kuni turklarni barcha jamg‘armalarini lirada saqlashga va oltinni banklarga o‘tkazishga chaqirishiga undadi.

Turkiya Statistika instituti dekabr oyi inflyatsiya ma’lumotlarini yanvar oyida e’lon qilishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG