Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:11

Turk mafiozisi yuqori lavozimli rasmiylarni qoralagan videolar millionlab marta ko‘rildi


Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu

Joriy oy boshida sudlangan turkiyalik jinoiy to‘da sardori Sedat Peker ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat e’lon qila boshladi. O‘z videomurojaatlarida u yuqori lavozimli rasmiylar korruptsiya, qotillik va giyohvand moddalar savdosiga aloqador ekani to‘g‘risida tasdiqlanmagan da’volarni aytdi. Uning videolari millionlab marta tomosha qilindi.

Videoni ko‘rganlar orasida raqamli marketing bo‘yicha mutaxassis Jan Gumushbash ham bor. 27 yoshli Gumushbash “Reuters” agentligi bilan suhbatda prokuratura Pekerning da’volari bo‘yicha tergov boshlashi kerak, deb hisoblashini aytdi.

“Agar hech narsa qilinmasa, Turkiya demokratik, huquqiy davlat ekani haqidagi qarash ma’nisiz bo‘lib qoladi”, dedi u.

To‘liq ismini aytishni istamagan jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassisi Alara ham Peker da’volaridan xabardor. Ko‘plab tomoshabinlar singari u ham Pekerning da’volariga shubha bilan qaraydi. U videolar ommalashganini ular Turkiyadagi an’anaviy ommaviy axborot vositalarini chetlab o‘tgani bilan izohladi.

“Bu biz yashayotgan zamonni aks ettiradi, chunki mafiya xo‘jayini jonli efir o‘tkazyapti... va u har xil narsalar, o‘zi istagan mavzularda biror filtrsiz so‘zlashi mumkin”, dedi 27 yoshli Alara “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.

Peker shu paytgacha e’lon qilgan yetti video “YouTube”da 56 million martadan ko‘proq ko‘rildi.

Ba’zi turklar bu videolar Turkiyani qariyb yigirma yil davomida boshqarib kelayotgan va davlat va mafiya o‘rtasidagi aloqalarni uzishga muvaffaq bo‘lganini aytib kelayotgan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukumati uchun sharmandali, deb hisoblaydi.

Muxolifat partiyalari Peker o‘z chiqishlarida keng muhokama qilgan ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni iste’fo berishga chorladi.

Soylu unga qarshi ayblovlarni rad etdi va ularni “jirkanch yolg‘onlar” va mamlakatga qarshi fitna, deb atadi.

Soylu Peker ustidan sudga arz qilganini aytdi. Vazir uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashgani uchun nishonga olinayotganini qo‘shimcha qildi.

Soylu turk telekanaliga bergan intervyusida nega millionlab odam videolarni tomosha qilgani haqidagi savolga javoban millionlab odam bolalar pornografiyasini ham tomosha qilishini aytdi.

Erdo‘g‘on chorshanba kuni ushbu mojaroni tilga oldi va Soylu yonini bosdi. Prezident parlament oldiga qilgan chiqishida hukumat jinoiy guruh a’zolari “dunyoning qaysi burchagiga qochmasin”, ularni ta’qib qilishda davom etishini aytdi.

49 yoshli Peker 1990 - yillarda mafiozi sifatida tanilgan. 2007 - yilda u jinoiy to‘da tuzish va unga rahbarlik qilishda ayblanib, 14 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan. U Turkiyada bir necha marta qamalgani, ayni damda Dubayda ekanini aytgan.

“Reuters” agentligi u hozir qaerda ekanini mustaqil tarzda aniqlay olmadi.

Berlinda joylashgan Robert Bosh akademiyasi xodimi Galip Dalayning aytishicha, Pekerning iddaolari Soylu singari vazirlar yordamida parlamentdagi millatchi ittifoqchilar qo‘llovini qo‘lga kiritgan Erdo‘g‘on hayotini qiyinlashtirishi mumkin.

Dalay Soyluni ishdan olish Erdo‘g‘onning siyosiy bazasiga zarar yetkazishi mumkinligini, ammo uni o‘z lavozimida qoldirish prezidentning zaifligi ramzi o‘laroq ko‘rilishi mumkinligini aytdi.

XS
SM
MD
LG