Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 04:32

Turkman–o‘zbek chegarasida bojxona posti foydalanishga topshirildi


O‘zbek-turkman chegarasidagi NO‘Plardan biri (illyustrativ surat)
O‘zbek-turkman chegarasidagi NO‘Plardan biri (illyustrativ surat)

Turkmaniston 4-dekabr kuni O‘zbekiston bilan chegaradagi “Farob avtoyo‘llari” bojxona postini qayta rekonstruksiya qilib foydalanishga topshirdi.

Kun.uz nashrining Turkmaniston davlat bojxona xizmati ma’lumotiga tayangan holda yozishicha, Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara-bojxona postiga tutash mazkur post 10 gektargacha (oldin 5,2 gektar edi) kengaygan bo‘lib, endilikda bir vaqtning o‘zida 16 ta yuk avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish mumkin.

Natijada kuniga 1000 tagacha yuk avtotransport vositasi harakatlanishiga imkoniyat yaratilishi aytilmoqda.

Rasmiy Ashxobod “Farob avtoyo‘llari” bojxona posti rekonstruksiyasini ushbu hudud orqali tranzit yuk tashish hajmi oshgani bilan izohlagan.

Turkmaniston va O‘zbekiston rasmiylari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam muzokaralar olib bormoqda. Turkmanistonning hukumatga yaqin nashrlari ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshgani haqida xabar bermoqda.

Shunga qaramay, ikki davlat fuqarolari uzoq yillardan beri sayohat qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ozodlik avvalroq Toshovuz viloyatidagi “Toshovuz-Shovot” chegara punktida turkmanistonlik fuqarolarni Ashxobod tomonidan O‘zbekistonga o‘tkazmaslik holatlari sezilarli darajada ko‘paygani muammosini ko‘targandi.

XS
SM
MD
LG