Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 22:11

Turkmanistondan kirayotgan yuk mashinalari uchun yig‘imlar oshirildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda xorijiy o‘lkalar avtotransport vositalarining mamlakatga kirishi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlar stavkalari qayta ko‘rib chiqildi. 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonundagi bu o‘zgarishga Gazeta.uz nashri e’tibor qaratgan.

Hujjatda Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalarining kirishi uchun to‘lovlar sezilarli darajada oshirilganini ko‘rish mumkin. Joriy yilning 1-yanvaridan e’tiboran ulardan tonnasiga qarab to‘lov olinadi, xususan, 10 tonnagacha — bitta yuk mashinasi uchun 130 dollar (avval 50 dollar bo‘lgan), 10 tonnadan 20 tonnagacha — 180 dollar (avval 100 dollar bo‘lgan), 20 tonnadan ortiq — 250 dollar (avval 150 dollar bo‘lgan).

Turkmanistonning yuk avtotransport vositalaridan uchinchi mamlakatlardan yuklarni tashish va O‘zbekiston hududidan yuklarni olib chiqish uchun esa qo‘shimcha yig‘im summasi 200 dollarga (175 dollardan 375 dollarga) oshiriladi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari va Ozarbayjon uchun mamlakatda bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etilgan: 14 kungacha kirishda 80 dollar, 14 kundan ortiq — 280 dollar.

“Ushbu yig‘imning transport vositasini O‘zbekiston hududiga kirishda hisoblangan summasi transport vositasini O‘zbekistondan chiqishda qayta hisoblanishi mumkin. Qayta hisoblash transport vositasining mamlakatda haqiqatda bo‘lish muddatiga bog‘liq”, deyilgan nashr xabarida.

Shuningdek, O‘zbekistonga kirishda xorijiy davlatlar tashuvchilariga yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga doir ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar ehtiyojidan ortiqchasining har bir donasini realizatsiya qilish uchun 400 AQSH dollari miqdoridagi yig‘im belgilanishi ko‘zda tutilgan. Bunda tranzit ruxsatnomasi uchun ushbu yig‘im stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent, uchinchi mamlakatlarga (dan) yuk tashish ruxsatnomasi uchun 2,0 ko‘paytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Eron avtotransport vositalaridan O‘zbekiston hududiga kirgani va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlar stavkasi tenglik asosida “0” etib belgilanadi.

Qolgan mamlakatlar uchun to‘lovlar avvalgi darajada saqlab qolingan, xususan, Tojikiston — tonnaciga qarab 100−150−200 dollar, Qozog‘iston — 300 dollar, Qirg‘iziston — 300 dollar, Afg‘oniston — 50 dollar, qolgan davlatlar esa 400 dollar miqdorida.

Oktyabr oyida O‘zbekiston va Turkmaniston transport xizmatlari uchun to‘lovlarni teng va shaffof asosda olishga kelishishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yildan boshlab milliy tashuvchilar uchun yig‘imlar tenglashtiriladi.

XS
SM
MD
LG