Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:18

Twitter mikro-blog xizmati 5 yoshga to'ldi


"Yosh to'lqin" yoshlar loyihasining Twitter sahifasi surati.
"Yosh to'lqin" yoshlar loyihasining Twitter sahifasi surati.
Arab dunyosidagi so'ngi o'zgarishlar timsoliga aylangan va ma'lumot tarqatish sohasida inqilobga sabab bo'lgan Twitter mikro-blog xizmati bugun 5 yoshga to'ldi.

Bundan roppa-rosa 5 yil oldin Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali o‘zining ilk xabarini yo‘llagan edi. Dorseyning 2006 yilning 21 martida San-Fransiskodagi hamkasblariga jo'natgan ushbu xabari qisqagina “Hamkasblarga taklif” jumlasidan tashkil topgan edi.

Keyingi uch yil ichida Twitter orqali jo‘natilgan tvitlar - 140 belgigacha bo‘lgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi. Hozir esa 200 milliondan ortiq foydalanuvchi har haftada 1 milliard tvit yozmoqda.

Kuniga qariyb 500 ming yangi foydalanuvchi Twitterga birlashmoqda.

Twitter foydalanuvchilar soni ortishiga bu ijtimoiy tarmoqqa Lady GaGa, Richard Bacon va AQSh prezidenti Barak Obamaga o‘xshagan taniqli shaxslarning birlashishi ko‘p hissa qo‘shdi.

Shu kunlarda Twitter dunyodagi eng muhim ijtimoiy-axborot tarmog‘iga aylanib ulgurgan. Twitter ma'lumot almashishda eng operativ qurollardan biri bo'lganligi uchun bu sohada u katta inqilobga sabab bo'ldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarda Twitter katta rol oynamoqda.

Mikroblog ma‘muriyatiga ko‘ra, Yaponiyada yer qimirlashi sodir bo‘lganidan so‘ng har soniyada 6 ming 939 tadan tvit jo‘natilgan. 11 mart kuni Twitterda shu mavzuda qoldirilgan jami xabarlar soni esa 177 millionga yetgan.

Arab dunyosida yuz berayotgan so'ngi siyosiy o'zgarishlarda ham Twitter kuchli ma'lumot quroli sifatida ishlatilmoqda. Ommaviy Axborot Vositalari hukumat nazorati ostida bo'lgan jamiyatlarda Twitter kabi Internetdagi yangi texnologiyalar alternativ ma'lumot manbasiga aylanmoqda.

Shu kunlarda Twitter foydalanuvchilari orasida izdoshlari soni qariyb 7 milliondan 10 milliongacha bo‘lgan eng yuqori beshlikka Lady GaGa, Justin Bieber, Britney Spears, Barak Obama va Kim Kardashian kirgan.
XS
SM
MD
LG