Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:33

Ukraina delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga yetib bordi


Ukraina delegatsiyasining saudiyalik rasmiylar bilan uchrashuvidan lavha, 2025-yil 16-fevrali (Yuliya Sviridenko fotosi)
Ukraina delegatsiyasining saudiyalik rasmiylar bilan uchrashuvidan lavha, 2025-yil 16-fevrali (Yuliya Sviridenko fotosi)

Ukraina hukumati delegatsiyasi xizmat safari bilan Saudiya Arabistoniga yetib borgan. Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.

Mulozimaga ko‘ra, Ukraina vakillari mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni ko‘rsatishgan. Sviridenko yaqin kunlarda prezident Vladimir Zelenskiyning Saudiya Arabistonga safarini hozirlash uchun o‘nlab uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

“Mintaqa mamlakatlari bilan muhim iqtisodiy shartnomalarni imzoga hozirlayapmiz”, deb yozgan Sviridenko Feysbuk tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali.

G‘arb nashrlari Donald Tramp va Vladimir Putinning bo‘lajak uchrashuvi muhokamasi uchun keyingi haftada Saudiya Arabistoniga AQSH va Rossiya vakillari yetib borishlari haqida xabar qilishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, hozirlik muzokaralariga ukrainalik vakillari ham qo‘shilishlari mumkin. Rejaga muvofiq, Tramp bilan Putin uchrashuvi fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tishi kerak.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Ukraina tomoni Rossiya vakillari muloqot qilmagani, urushni tugatish rejasi tuzilmagunicha, bunday muloqotlar rejalanmayotganini bildirgan.

Ukraina hukumatidagi manba Bi-bi-siga Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalangan muzokaralarga Kiyev delegatsiyasi taklif etilmagani va u yoqqa o‘z vakillari yo‘llamasligini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Oq uyning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff 16-fevral kuni Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga bag‘ishlangan muzokaralar uchun milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Mayk Uols bilan birgalikda Saudiya Arabistoniga ketayotganini bildirgan.

Uitkoffga ko‘ra, Ukraina muzokaralardan Rossiya tomonidan chetlatilgan emas. Oq uy maxsus vakili ukrainalik rasmiylar AQSH delegatsiyasi bilan Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiya chog‘ida uchrashishganini ham eslatib o‘tgan.

Bo‘lajak muzokaralar Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Rossiya va AQSH rasmiylar o‘rtasida so‘nggi yillarda yuqori darajadagi ilk yuzma-yuz uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.

12-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan, shundan so‘ng u Rossiya-Ukraina urushini tugatish to‘g‘risidagi muzokaralar boshlanishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgan. Vladimir Zelenskiy Ukraina bo‘yicha har qanday muzokarani Kiyev ishtirokisiz o‘tkazish imkonsizligini avval bir necha bor urg‘ulagan edi.

XS
SM
MD
LG