Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 19:23

Ukraina droni Dog‘istonning Kaspiysk shahrigacha yetib bordi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya telegram-kanallari mahalliy turg‘unlardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda 6-noyabr tongida Dog‘istonda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabar qilishdi. Keyinroq Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Kaspiysk shahri uzra dron yo‘q qilingani haqida bildirdi.

Mulozim o‘z postida mintaqa aholisidan “xotirjamlikni saqlash, faqat tekshirilgan manbalarga ishonish” hamda dron hujumi videosini internetga joylamaslikni so‘ragan.

Hujum chog‘ida qurbon yoki yarador bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mash va Shot telegram-kanallari bu yerda gap Ukrainada ishlab chiqarilgan va “Uchar tulki” deb nom olgan yengil A-22 uchoq-droni haqida gap borayotganini iddao qilishmoqda.

Baza telegram-kanali xabariga ko‘ra, dron hujum tufayli Mahachqal’a aeroportida uchta reys parvozi kechiktirilgan.

Rossiya va Ukraina Mudofaa vazirliklari mazkur hujum yuzasidan hali biror izoh berganlaricha yo‘q. Kaspiysk shahri bilan Ukrainaning eng yaqin shaharlari orasida kamida ming kilometrdan ko‘proq masofa bor.

XS
SM
MD
LG