Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 15:51

"Umid avto" rahbari firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi “Umid avto companes” MCHJ mansabdorlariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Kun.uz nashrining IIV Tergov departamenti ma’lumotiga tayangan holda xabar qilishicha, tergov harakatlari doirasida mazkur MCHJ rahbari Abdumannop Abdurahmonov protsessual tartibda ushlangan.

Tergov idorasi JKning 168, 188-1 (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) hamda boshqa moddalarida ayblanayotgan jamiyat mansabdorlariga oid ayblov xulosasini jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga yuborgan.

IIVga ko‘ra, tergov jarayonida ayblanuvchi Abdumannop Abdurahmonov “Umid avto”, “Orient avto”, “Business Orient auto”, “Orient auto hamkor”, “Umid auto xizmati”, “Umid avto companes” va “Orient auto Toshkent” MCHJlarning rahbari sifatida ham faoliyat olib borgani aniqlangan. Tergovning to‘liqligi va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida dastlab qo‘zg‘atilgan jinoyat ishidan A.Abdurahmonov va boshqalarning qismlari alohida ish yurituvga ajratilgan.

Hozirda barcha aybdorlarni tergovga jalb qilish va jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilayotgani bildirilgan.

O‘zbekistonda odamlarning avtomobil olib berish va’dasiga ishonib, millionlab so‘m mablag‘idan ajralib qolishi ilk bor kuzatilayotgani yo‘q.

Ozodlik 2024-yil dekabr oyida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Halal Auto Leasing kompany” MCHJ mansabdorlariga nisbatan firibgarlik ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edi.

So‘nggi yillarda aniqlangan moliyaviy firibgarliklardan zarar ko‘rganlar soni yuz minglarni tashkil etishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG