Линклар

Шошилинч хабар
28 апрел 2025, Тошкент вақти: 17:53

UNЕSCO: Afg‘onistonda 1,4 million qiz maktabga borolmay qoldi


Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi aholi punkti ko‘chasida ketayotgan paranjili ayol va “Tolibon” xavfsizlik xizmati xodimlari (arxiv surati)
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi aholi punkti ko‘chasida ketayotgan paranjili ayol va “Tolibon” xavfsizlik xizmati xodimlari (arxiv surati)

Afg‘onistonda 2021-yildan buyon “Tolibon” harakati taqiqi natijasida kamida 1,4 million nafar qiz maktablarda o‘rta ta’lim olishdan qasdan mahrum qilingan. Bu haqda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha agentligi (UNЕSCO) tomonidan 15-avgust kuni tarqatilgan bayonotda bildirilgan.

Agentlik “Tolibon” vakillari bor-yo‘g‘i uch yil ichida Afg‘onistonda ta’lim sohasida 20 yil davomida erishilgan barqaror taraqqiyotni “deyarli yo‘q qilib bo‘lgan”ini bildirgan.

“Butun boshli avlod kelajagi xavf ostida”, deya ogohlantirgan UNЕSCO o‘z bayonotida.

Ko‘plab mamlakatlarda terror tashkiloti o‘laroq tan opingan “Tolibon” harakati 2021-yil 15- avgustida hokimiyatni egallab olgani ortidan Afg‘oniston ayollarga o‘rta va oliy ta’lim olish taqiqlangan dunyodagi yagona mamlakatga aylanib qolgan.

Avvalroq Human Rights Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Tolibon” iqtidorga kelganidan keyin Afg‘onistonda ayollar va qizlar huquqlari bo‘yicha dunyoda eng jiddiy inqiroz yuzaga kelgani haqida bayonot tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG