Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:34

Uzbekistan Airways Tel-Avivga reysni bekor qildi


Uzbekistan Airways uchog‘i (illyustrativ surat)
Uzbekistan Airways uchog‘i (illyustrativ surat)

Uzbekistan Airways “Toshkent - Tel-Aviv” yo‘nalishi bo‘ylab 15-aprelga rejalangan reysini bekor qildi. Aviashirkat matbuot xizmati mazkur qaror “Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi”ni va “O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq qarorini hisobga olgan holda” qabul qilinganini bildirgan.

Uzbekistan Airways xabarnomasi mazmunidan kelib chiqilsa, reysni bekor qilish qarori faqat 15-aprel uchun olingan. Aviashirkat bu kuni amalga oshirilishi rejalangan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishni so‘ragan.

Eron 14-aprelga o‘tar kechasi Isroil tomonga 300 chog‘li dron va raketalar uchirgani haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan.

Eron hujumi boshlanganidan keyin Isroil o‘z havo hududini vaqtincha yopish haqida qaror qabul qilgan. Biroq, Isroildagi Ynet va Haaretz nashrlarining yozishicha, havo hududi 7 soat yopiq turgani ortidan Tel-Aviv aeroporti rahbariyati uning qayta ochilganini e’lon qilgan.

Hujum uyushtirilgan tunda Isroilga qo‘shni bo‘lgan Yaqin Sharqdagi bir qancha o‘lka ham o‘z havo hududlarini yopgan edi. Ular orasida Iroq, Iordaniya va Livan kabi mamlakatlar bor. Raketa va dron hujumlaridan so‘ng bu mamlakatlar ham o‘z havo hududlarini ochganlari aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG