Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:25

"Vagner"ning uch ming sobiq yollanma askari “Ahmat”ga o‘tdi


"Vagner XHSH" ning uch ming sobiq jangarisi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga amalda bo‘ysunuvchi "Ahmat" maxsus bo‘linmasiga boradi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida xabar qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bu borada kelishilgan.

Vagnerchilar u yerda XHSH hujum otryadining sobiq qo‘mondoni, Ratibor laqabi bilan tanilgan Aleksandr Kuznetsov qo‘mondonligi ostida alohida polk tuzadilar. Yangi bo‘linmaning huquqiy tuzilishi qanday bo‘lishi izohlanmagan.

Avvalroq Kuznetsov zaxiradagi podpolkovnik bo‘lgani xabar qilingan edi. U guruh tashkil etilgandan boshlab “Vagner”da xizmat qilgan, Sudan, Suriya va Liviyadagi yollanma operatsiyalarda qatnashgan va uning qo‘mondonligi ostidagi otryad Ukrainada jang qilgan.

Xabar qilinishicha, prezident Vladimir Putin unga yopiq farmon bilan Rossiya Qahramoni unvonini bergan, lekin bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

2023-yilda "Vagner" asoschisi Yevgeniy Prigojin va Ramzan Qodirov o‘rtasidagi mojaro paytida Kuznetsov “Axmat” haqiqiy jangovar harakatlarda ishtirok etmayotganiga ishora qilgan edi.

XS
SM
MD
LG