Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 01:30

Vashington AIning G‘azodagi “genotsid” xulosasiga qo‘shilmaydi


AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili muovini Vedant Patel
AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili muovini Vedant Patel

Qo‘shma Shtatlar Isroilni G‘azo sektorida genotsidni amalga oshirganlikda ayblayotgan Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari tashkiloti hisoboti mualliflari xulosasiga qo‘shilmaydi. AQSH Davlat departamenti rasmiysi vakilining o‘rinbosari Vedant Patel 5-dekabr kuni ana shunday bayonot bilan chiqdi.

Mazkur bayonot Amnesty International tomonidan Isroil G‘azoda falastinliklarga nisbatan genotsidni amalga oshirayotgani iddao qilingan hisobot yoyinlangani ortidan berildi.

Biz (Isroilni) genotsidda ayblab asosga ega emasligini avval ham bildirganmiz va buni ta’kidlashda davom etamiz. Biroq Amnesty International kabi fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda huquqbonlik guruhlari va nohukumat tashkilotlari G‘azoda sodir bo‘layotganlar haqida ma’lumot va tahlillar taqdim etishda muhim rol o‘ynayotganini e’tirof etish zarur”, deya bildirgan Patel.

Agar biz haqiqatan ham G‘azodagi gumanitar sharoit yaxshilanishini, qolgan garovdagi kishilar uylariga qaytishini va bu mojaroni to‘xtatishni istasak, buning uchun eng yaxshi qadam har ikki tomon tarafidan urushni to‘xtatish haqida kelishuvga erishish bo‘ladi. Biz diqqatimiz aynan shunga qaratishda davom etmoqdamiz”, degan Patel.

Amnesty International tomonidan kuni kecha yoyinlangan hisobotda Isroil G‘azodagi falastinliklar hayotini do‘zaxga aylantirgani urg‘ulangan.

AI bosh kotibi Anes Kallamarga ko‘ra, tashkilot hisobotida Isroil Genotsid to‘g‘risidagi konvensiya bilan taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etgani, bu bilan bevosita G‘azodagi falastinliklarni yo‘q qilishni qasd etgani ko‘rsatilgan.

“Bunday xatti-harakatlarga qotilliklar, og‘ir jismoniy yoki ruhiy jarohatlar yetkazish hamda G‘azoda falastinliklarni qasdan yo‘q qilishga qaratilgan turmush sharoiti yaratish kabilar kiradi. Ko‘p oylardan buyon Isroil G‘azodagi falastinliklarni jismonan yo‘q qilish niyatini ochiq-oshkor namoyish qilaroq ularga hech qanday haq-huquq, insoniy qadr-qiymatga ega bo‘lmagan chala insonlar guruhidek muomala qilyapti”, deya bildirgan AI bosh kotibi Anes Kallamar.

Isroil G‘azo sektoridagi amaliyotni 2023-yil 7-oktyabrida HAMAS guruhi (AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan) tomonidan amalga oshirilgan transchegaraviy hujum ortidan boshlagan. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, 14 oy oldingi hujum chog‘ida HAMAS boshchiligidagi jangarilar Isroilda 1200 kishini o‘ldirgan va 250 dan ko‘proq garovga olingan shaxsni G‘azoga olib ketgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning harbiy kampaniyasi natijasida 44 ming 400 dan ziyod falastinlik qurbon bo‘lgan va yana ko‘plab odam jarohatlangan.

Falastin va BMT rasmiylari ta’kidicha, kichik, aholisi zich joylashgan sohilbo‘yi hududi bo‘lmish G‘azoda xavfsiz joy qolgan emas. G‘azodagi 2,3 million aholining aksariyati, ba’zilari 10 martagacha sektor ichida ko‘chishga majbur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG